13 yanvar – Bill Geyts Microsoft bosh direktori lavozimidan ketgan sana

13 yanvar – Bill Geyts Microsoft bosh direktori lavozimidan ketgan sana

2000 yilning 13 yanvar sanasida Bill Geyts Microsoft bosh direktorligidan ketadi, uning o‘rnini esa Stiv Balmer egallaydi. Balmer kompaniyani 14 yil davomida boshqaradi, 2014 yilda esa joriy bosh direktor – Satya Nadella ushbu lavozimga tayinlanadi. Geyts esa haligacha kompaniyaning eng yirik aksiyadori bo‘lib qolmoqda.

Ferra saytining yozishicha, hozir Geyts Microsoft`ga tegishli jami 4% aksiyalarga egalik qiladi, biroq u har yili 80 mln donaga yaqin qimmatbaho qog‘ozlarni sotib kelmoqda. Sababi Geyts 2018 yilga kelib ulardan butunlay qutulish maqsadida. Hozir Geyts vaqtining asosiy qismini rafiqasi Melinda Geyts bilan birgalikda tashkil qilgan Bill and Melinda Gates Foundation jamg‘armasi faoliyati bag‘ishlamoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!