130 dan ortiq AQSh kompaniyasi Huawei bilan savdo qilish niyatida

130 dan ortiq AQSh kompaniyasi Huawei bilan savdo qilish niyatida

Iyul oyida, Amerika Qo‘shma Shtatlari Savdo departamenti Huawei bilan savdo aloqalarini davom ettirishni istagan AQSh kompaniyalariga maxsus litsenziyalar berishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi.

Endilikda esa, Reuters axborot agentligi bilan suhbatlashgan vaziyatdan xabardor kishilarning so‘zlariga ko‘ra, litsenziya olish uchun Savdo departamentiga mahalliy texnologik firmalardan 130 dan ortiq ariza kelib tushdi. Bu raqamlar hali rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, ushbu ko‘rsatkich bu yechim yaqin orada kuchga kirishi mumkinligini anglatadi.

Savdo kotibi Uilbur Ross yangi litsenziyalar faqat milliy xavfsizlikka tahdid solmaydigan keng ko‘lamda mavjud komponentlar uchun berilishini ochiqchasiga aytib o‘tdi. Qaysi komponentlar ushbu talablarga mos kelishi esa hozircha noma’lum. Yaqinda, Huawei rasmiylari savdo taqiqi sabab kompaniyaning mobil qurilmalar bo‘limi 10 mlrd dollargacha mablag‘ yo‘qotishi mumkinligini ta’kidlagandi.

Huawei'ga, shuningdek, AQShdagi hamkorlari bilan tuzgan vaqtinchalik savdo shartnomlarining tugash muddati uchun qo‘shimcha 90 kunlik kechiktirish berilgan. Uzoqroq muddatga mo‘ljallangan yechimning tez orada kuchga kirish-kirmasligini esa faqtgina vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING: Huawei rahbari: kompaniyamiz "hayot va o‘lim o‘rtasida" turibdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.