144Hz OLED displeyi hamda 108MP asosiy kameraga ega bo‘lgan Motorola Edge 20 Pro flagman smartfoniga oldindan buyurtma berish boshlandi

144Hz OLED displeyi hamda 108MP asosiy kameraga ega bo‘lgan Motorola Edge 20 Pro flagman smartfoniga oldindan buyurtma berish boshlandi

Xitoyning Lenovo kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Motorola kompaniyasi Rossiyada o‘zining yangi Motorola Edge 20 Pro flagman smartfoni uchun oldindan buyurtmalar qabul qilinishni boshladi.

O‘QING: Thunderbird FF1 taqdim etildi - yangi brendning birinchi smartfoni

Xalqaro bozor uchun Motorola Edge 20 Pro iyul oyining oxirida sotuvga chiqarilgan edi va bir necha mintaqalarda smartfon 699,99 yevro (60 923 rubl) narx bilan sotuvga chiqqan.

Rossiyada smartfonga 27 avgustdan 6 sentyabrgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida buyurtma berib, uni 39,990 rubl narxda sotib olish mumkin. Muddat o‘tgandan so‘ng uning narxi 45,990 rublga oshadi. Rossiyadagi narxi Yevropadagi narxdan ancha past bo‘lishiga qaramay, smartfonning xalqaro va rus versiyalari o‘rtasida katta farq mavjud emas.

Motorola Edge 20 Pro 108MP asosiy kamera hamda 5x optik zum hamda 50x gibrid zumni qo‘llab-quvvatlovchi 8MP periskop kameraga ega. 108MP asosiy kamerada Ultra Pixel texnologiyasiga ega bo‘lgan 1,5 dyuymli optik format mavjud, u to‘qqiz pikselni bitta katta 2,1 mikronga birlashtiradi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, bu yorug‘lik sezuvchanligini to‘qqiz barobar yaxshilaydi va past yorug‘lik sharoitida yuqori tasvir sifatini ta’minlaydi. 16MP ultrakeng kamera esa makro funksiyasini ham bajaradi.

Smartfon 6.7 dyuymli Full HD+ rezolyusiyadagi 144Hz OLED displey, 32MP selfi kamera, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator, 30 vatt quvvatlanish texnologiyasi bilan jihozlangan.

Motorola Edge 20 Pro Snapdragon 870 chipida ishlaydi. Smartfonning tezkor xotirasi 12GB, doimiy xotirasi esa 256GB ni tashkil qiladi. Qurilmada namlikdan himoya - IP52 standarti mavjud. Barmoq izi skaneri smartfonning yon tomonida joylashgan.

O‘QING: WhatsApp, Facebook va Twitter Rossiyada 36 million rubl miqdorida jarimaga tortildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.