15 million dollarlik kompyuter

  •   DiMaX
  •  1463
  •  22.02.2017 11:24

15 million dollarlik kompyuter

Kanadaning D-Wave kompaniyasi tijoriy maqsadlarda hamyonbop kvant kompyuterlari ishlab chiqarish bo‘yicha birinchilardan hisoblanadi, deb yozadi IT News nashri. Bunaqa kompyuterlarning birinchi modellarini u 2007 yildayoq chiqargan. Bu 16 kubitli va 28 kubitli Orion kompyuteri edi. 2011 yilning may oyida esa 128 kubitli chipga ega D-Wave One, keyinroq 512 kubitli chipga ega D-Wave Two modellari chiqdi.

D-Wave bu bilan to‘xtab qolmaslikka qaror qildi – yaqinda 2000 kubitli protsessor o‘rnatilgan D-Wave 2000Q kompyuteri savdoga chiqariladi. Uning narxi esa ko‘p ham emas, oz ham emas – naq o‘n besh million AQSh dollari turadi!

Agar bunaqa qurilmaga talab kuchli bo‘lmaydi, deb o‘ylasangiz – adashasiz. Kvant kompyuterining yangi modelini xarid qilishga talabgorlar ro‘yxati muntazam uzayib bormoqda. Yangi modeldagi qurilmaning ilk xaridori kompyuter xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi Temporal Defence Systems kompaniyasi bo‘ladi. Shuningdek, boshqa sayyoralarni tadqiq etishga mo‘ljallangan qurilmalarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ham bu superkompyuterga qiziqishmoqda.

Kvant kompyuterini an’anaviy kompyuterlar bilan solishtirish – mushkul masala. Uning tezligi «maishiy» kompyuterlarga nisbatan bir necha o‘n ming baravar (!) kuchli.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!