16 GBlik iPhone 5c’ni endi 32 GBligiga bepul almashtirish mumkin

  •   DiMaX
  •  1334
  •  07.02.2018 13:03

16 GBlik iPhone 5c’ni endi 32 GBligiga bepul almashtirish mumkin

Apple kompaniyasi yaqinda iPhone 6 Plus smartfonini yangi modellarga almashtirib berish dasturini e’lon qilgandi. Bu eski ayfonlarning akkumulyatorini almashtirishdagi muammolar bilan bog‘liq – hozirda avvalgi modellar uchun batareyalar ishlab chiqarilmayapti.

O‘QING: iPhone 6 Plus'ni yangi ayfonlardan biriga bepul almashtirish mumkin bo‘ldi

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, kupertinolik gigant o‘zining yana bir modeli bilan bog‘liq «imtiyozli» almashtirish dasturini ham yo‘lga qo‘ygan. Ya’ni, ichki xotirasi hajmi 16 gigabaytni tashkil etuvchi iPhone 5c smartfonida biror muammo yuzaga kelsayu, uni sozlash imkoni bo‘lmasa, Apple bu ayfonni 32 gigabaytlik talqiniga bepul almashtirib beradi. Bunday yo‘l tutilishiga sabab – korporatsiya qo‘lida 16 gigabaytlik flesh-xotirali iPhone 5c  qolmaganidir.

Aytish kerakki, ushbu model 2013 yili chiqarilgan, 2016 yili esa uni ishlab chiqarish to‘xtatilgan edi. Apple’da haliyam almashtirish uchun 32 gigabaytlik iPhone 5c modellari borligi qiziq.

Darvoqe, kupertinolik gigant yo‘lga qo‘ygan ushbu bepul almashtirish dasturlari AQShdagi xaridorlar uchungina amal qiladi.

O‘QING: Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!