$17,000 turadigan “Solarin” nomli smartfon namoyish etildi

$17,000 turadigan “Solarin” nomli smartfon namoyish etildi

Londonda “jahonning eng xavfsiz Android smartfoni” – Solarin mobil aloqa qurilmasi taqdim etildi. Taqdimot Hollivudning taniqli aktyorlari Leonardo Di Kaprio hamda Tom Hardi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Smartfonning eng muhim jihati – uning jangovar darajadagi o‘ta mustahkam himoya tizimi bo‘lib, undagi shifrlash texnologiyasi foydalanuvchilari almashayotgan ma’lumotlarni himoya qilishga imkon beradi.

Isroilning Sirin Labs kompaniyasi mazkur mobil aloqa vositasini ishlab chiqish uchun 2.5 yil ter to‘kdi. Kompaniya smartfonning dunyodagi eng yaxshi ekran, eng innovatsion kamera, eng yaxshi radiokarnay, eng yuqori tezlikka ega smartfon ekanini rasman tasdiqladi.

Solarin 23.8 megapikselli, avtofokus va to‘rt tonli fotochaqnoqqa, 5.5 old kameraga, 2k sig‘imli IPS LED displey, 90 detsibelgacha ovoz uzatuvchi smart ovoz uzatkichga ega.

Shu bilan birga, bu qurilma har soniyada 4.6 Gb ma’lumotni yuklab olish imkoniyatini va’da qilayotgan WiGig texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan jahondagi ilk smartfon ekanligi ma’lum qilingan.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, “aqlli telefon” yordamida har qanday hajmdagi HD filmlarni 5 soniyada yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Sirin Labs’ning rahbari Moshe Hogeg $17,000 dollarga baholangan smartfon uchun narx-navoning balandligi muhim emasligi, bugungi kunda axborot himoyasi har qancha mablag‘dan ustun turishini aytgan.

Solarinda turli qo‘shimcha detal va oltin, qora olmos kabi qimmatbaho toshlardan foydalanilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.