19 avgust – Xalqaro fotografiya kuni

19 avgust – Xalqaro fotografiya kuni

2009 yildan beri har yili 19 avgustda Xalqaro fotografiya kuni nishonlanadi. Chunki aynan 1839 yilning 19 avgustida ilk bor bosma fotosurat ixtiro qilingan. Bugun fotograflarning kasb bayramida ularga xos qiziqarli faktlar bilan tanishing.

Har yili 19 avgust kuni professional va havaskor fotograflar, shuningdek, bu san’atni qadrlovchilar Xalqaro fotografiya kunini nishonlaydi. Bayram 2009 yilda avstaliyalik fotograf Korske Araning tashabbusi bilan nishonlana boshlangan.

Nega aynan 19 avgust?

1839 yil 19 avgust kuni dagetorrip, ya’ni fotosurat prototipini olish usuli joriy qilingan. Ushbu ixtiro esa Lui Jak Mande Dagerga tegishli bo‘lib, undan Fransiya hukumati bunday istiqbolli yangilik uchun patentni sotib olgan. Bu ixtiro Luining “dunyoga sovg‘asi” deb tan olingan. Haqiqatan ham Dagerning ixtirosi ommaga taqdim etiladigan “texnologiya” sifatida fotografiyaga qo‘yilgan birinchi qadam edi. Shuning uchun aynan 19 avgust Xalqaro fotografiya kuni (World Photography Day) sifatida belgilangan.

Fotograflar haqida qiziq faktlar

  • Ko‘p insonlar uchun 1 Gb xotira 1 oy uchun yetsa, fotograf uchun bir kechaga amal-taqal yetadi.
  • Fotograf 1 hafta ichida boshqa odamlar bir yil davomida olganidan ham ko‘proq suratni o‘chiradi.
  • To‘liq baxt uchun bittagina ob’yektiv yetishmaydi, xolos.
  • Fotograf hayotida hech bo‘lmaganda bir marta qandaydir eski chiqindini suratga olish uchun yerda emaklagan.
  • Fotografning suratga olish uchun kerakli uskunalari mashinasidan ham qimmat bo‘ladi.
  • Agar biror tadbirga fotograf kelsa, uning do‘stlari o‘zi bilan fotoaaparat olib kelmaydi.
  • Fotograf tonggacha ko‘zini yummasligi, shiddatli sovuqda ham ko‘chada kezib yurishi, hatto hayotini xavf ostiga ham qo‘yishi mumkin. Muhimi omadli kadr chiqsa bo‘lgani.
  • Fotograf kinoni tomosha qilayotib, uning syujetidan ham ko‘proq yorug‘lik qanday yetkazib berilayotganiga ahamiyat beradi.
  • Fotograf keyingi sahnani olish uchun qanday ob’yektiv ishlatilganini o‘ylab, filmdagi voqealar rivojini kuzatishni to‘xtatadi.
Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.