20 xil Meizu smartfoniga Flyme 7.3 chiqdi – ular ro‘yxati va yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  729
  •  01.06.2019 15:45

20 xil Meizu smartfoniga Flyme 7.3 chiqdi – ular ro‘yxati va yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

O‘zbekiston bozoriga ham rasman kirib kelgan xitoylik Meizu kompaniyasi o‘z mobil qurilmalarida Flyme grafik qobig‘ini qo‘llaydi. Ushbu smartfonsoz birdaniga naq yigirmata modeldagi smartfoni uchun Flyme 7.3 talqinidagi proshivkani chiqardi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Bu – yozning oxirida taqdim etiladigan yirik yangilanish – Flyme 8 oldidan chiqarilgan so‘nggi proshivka versiyasidir. Flyme 7.3 talqinidagi grafik qobiq turli Meizu smartfonlariga (modeliga qarab) tegishli o‘zgarishlarni olib keladi.

Jumladan, smartfon resurslarining maksimaal darajada samarali taqsimlanishini baholovchi One Mind 3.0 texnologiyasi kirib keladi. Ko‘plab rusumlardagi Meizu smartfonlarining kameralari yuqori darajadagi ISO bilan tungi suratga olishga qodir bo‘ladi. Shuningdek, Always on Display funksiyasi mavjud modellarda mazkur imkoniyat faollashadi. Bulardan tashqari, yangi proshivkada Game Shock funksiyasi paydo bo‘lgan – unda dinamik o‘yinlarda (masalan, portlash yoki otishlarda) vibratsiya beradi.

Bulardan tashqari, kompaniya mazkur proshivkada tizim interfeysidagi ayrim unsurlarni qayta ishlab chiqqan. Masalan, endi ekranni uchta barmoq bilan silash orqali skrinshot qilish mumkin bo‘ladi. Tizimni tozalash dasturiga reklaama bloklovchi jihoz ham qo‘shilgan. Bulardan tashqari, OLED-displeyli barcha qurilmalarga DC Dimming texnologiyasi tatbiq etilgan.

O‘QING: Redmi Note 7 Pro “qotili”: Meizu 16Xs rasman taqdim qilindi!

Shunday qilib, Flyme 7.3 talqinidagi proshivka quyidagi rusumlardagi smartfonlarga tarqatilmoqda:

  1. Meizu Note 8;
  2. Meizu Pro 7;
  3. Meizu M6;
  4. Meizu Pro 6;
  5. Meizu Pro 5;
  6. Meizu MX6;
  7. Meizu E3;
  8. Meizu Note 6;
  9. Meizu Note 5;
  10. Meizu M3e;
  11. Meizu Max;
  12. Meizu 15 Plus;
  13. Meizu Pro 6 Plus;
  14. Meizu Pro 7;
  15. Meizu Pro 7 Plus;
  16. Meizu M6S;
  17. Meizu 15;
  18. Meizu M15;
  19. Meizu 15 Plus;
  20. Meizu Pro 6 Plus.

Bulardan tashqari, Meizu 16th, Meizu 16th Plus, Meizu 16X hamda Meizu X8 modellari uchun ushbu proshivka avvalroq chiqqan.

Shu ro‘yxatga kirgan smartfonlar uchun Flyme 7.3 grafik qobig‘iga asoslangan proshivka bugungi kundan boshlab Xitoydagi foydalanuvchilarga tarqatila boshladi. Dunyo bo‘ylab boshqa hududlardagi smartfonlarni ham yaqin orada yangilay boshlashadi, faqat buning aniq muddati aytilmagan.

O‘QING: Meizu smartfonlari Terashop.uz’da yanada arzonlashdi, narxlar bilan tanishing! (2019 yil 1 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!