2016 yilda 1 milliarddan ortiq 4G smartfon yetkazib beriladi

2016 yilda 1 milliarddan ortiq 4G smartfon yetkazib beriladi

International Data Corporation (IDC) kompaniyasining 2016 yil bo‘yicha bergan hisobotida qayd etilishicha, joriy yilda jahon bo‘ylab 1,45 mlrd dona smartfon sotuvga chiqariladi. Ushbu miqdor 2015 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,6 foizga yuqori, xolos. 2015 yilda smartfonlar bozori 2014 yilga qaraganda 10,4 foizga o‘sgan edi.

Shuningdek manbada qayd etilishicha, 2016 yilda 4G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlarni yetkazib berish ilk marotaba 1 mlrd donadan ortishi mumkin (1, 17 mlrd). 2015 yil ma’lumotlari bilan solishtirganda joriy yilda ushbu segmentda 21,3 foiz o‘sish kuzatilmoqda.

Android-apparatlar smartfon bozorining 85,0 foizini tashkil qilgan, 14,3 foiz qurilmalar iOS platformasiga tegishli va faqatgina 0,4% smartfonlar Windows dasturida ishlaydi. Analitiklarning hisobiga ko‘ra, 2020 yilga borib jahon bo‘yicha bir yilda  1,71 mlrd dona smartfon sotilishi mumkin ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!