“2016 yilda dunyoning eng zo‘r smartfoni” nomiga da’vogar gadjetlar (II qism)

“2016 yilda dunyoning eng zo‘r smartfoni” nomiga da’vogar gadjetlar (II qism)

Oldingi maqolada xalqaro smartfon bozorida sotilishi, foydalanuvchilar talabi hamda ehtiyojiga ko‘ra axborot texnologiyalari nashrlari, bloglar va ekspertlar xulosalari, fikrlari asosida shakllantirilgan reytingning 10-6 o‘rinlariga munosib qurilmalar haqida ma’lumot bergan edik. Hozir shu reytingda yuqori o‘rinlarni olgan mobil vositalar to‘g‘risida to‘xtalib  o‘tamiz.

  1. iPhone 6S

Ishlab chiqaruvi: Apple korporatsiyasi.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 9 sentyabr.

Operatsion tizim:   iOS 9 | Apple A9 64 bit | Ekran hajmi va turi: 4.7 dyuym (1 dyuym = 25,5 mm) | Ekran turi:  Retina HD ultra yuqori aniqlikdagi texnologiya, 3D Touch texnologiya | Ekranning piksel sig‘imi: 1334 x 750 (har kvadrat dyuymda 326 ta belgi) | Tezkor xotira: 2GB | Qo‘shimcha xotira: 16GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 1,715 mAs | Orqa kamera: 12MP | Old kamera: 5MP | Videoga olish: 4K video (3840x2160), 1080p HD, 720p HD, avtofokus va shovqinni kamaytirish texnologiyasi| Himoya tizimi: Touch ID barmoq izlari skaneri(bosh tugmada) | SIM-karta: Nano-SIM |Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE,  LTE, CDMA EV-DO| Interfeys: Wi-Fi, Bluetooth, NFC, 3,5 mm quloqchin uchun joy, elektr ta’minoti konnektori | O‘lchamlari: 138.3 x 67.1 x 7.1 mm | Og‘irligi: 143 gramm | |Ranglari: kumush, tilla rang, och tilla rang, kulrang |

iPhone 6’ga nisbatan kattaroq, yaxshiroq, bejirim va tezkor qurilma sifatida ko‘pchilikning diqqatini tortmoqda.

Telefon apparatidagi sensor tizimi ham ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda. Shuningdek, Touch ID barmoq izlari skaneri, bosimni o‘lchash texnologiyasi,  akselerometr (ekran holatini aniqlovchi qurilma) , masofa sensori, yorug‘lik sensori kabi ichki  texnologiyalar tatbiq qilingan.

iOS 9 – dunyoning eng tezkor va ommabop mobil operatsion tizimi Siri virtual yordamchisi, Spotlight tezkor qidiruv kabi funksionla asoslarga ega. Shuningdek, qurilmada raqamli kompas, GPS tizimlari, QuickType tezkor harf terish, Apple Pay to‘lov texnologiyasi ham mavjud.

Quvvat toshi – akkumulyatorning imkoniyati foydalanuvchilarni bir oz xafa qilgan bo‘lishi mumkin. Qurilmani to‘la quvvatlab, 3G aloqa tarmog‘ida 14 soat suhbat qurish mumkin. To‘la quvvat bilan internet tarmog‘ida o‘z egasining 10 soatlik faoliyatini ta’minlaydi. Yoki 11 soat HD videoni Wi‑Fi texnologiyasi asosida ko‘rish mumkin.

Qurilmaning 64GB qo‘shimcha xotiraga ega talqini Amazon.com internet do‘konida yetkazib berish xarajatlari bilan birga 819.99 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2015 yilning 27 yanvar holatida “Malika” savdo markazida 64GB qo‘shimcha xotiraga ega Apple iPhone 6S mobil aloqa vositasi 4.836.000 so‘mdan sotilmoqda.

2015 yilning oktyabr oyida O‘zbekiston internet nashrlarida iPhone 6S smartfonining 4,1 million so‘mdan sotilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan edi.

  1. Samsung Galaxy S6 Edge

Ishlab chiqaruvchi: Samsung Electronics.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 1 mart.

Operatsion tizim: Android 5.1.1 “Lollipop” (Android 6.0 “Marshmallow”ga yangilash mumkin) | Protsessor: Samsung Exynos 7420, 2.1 GGs, 64 bit.gacha. | Grafik (video) protsessor: MALI-T760 | Ekran o‘lchami: 5.1 dyuym| Ekrandagi piksellar sig‘imi: 1440 x 2560 | Ekran turi: SuperAMOLED-ekran, har dyuymda 577 piksel, ravshanlikni avtomatik sozlash texnologiyasi| Sensorli boshqaruv: mavjud| Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 2560 mAs,  Li-Ion, simsiz quvvatlash texnologiyasi | Orqa kamera: 16MP, avtofokus texnologiyasi | Old kamera: 5MP | Videotasvir: HDR 3840×2160 | Aloqa tarmog‘i: 4G (LTE Cat.4), 3G, Wi-Fi (IEEE 802.11), Bluetooth 4.0, GPS, GLONASS – xalqaro sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimi | Qurilma o‘lchamlari: 142×70×7 mm | Vazni: 132 gramm | Interfeys: ANT+, Bluetooth 4.1, IrDa, NFC, USB 2.0, Wi-Fi (ac), Wi-Fi Direct | Himoya tizimi: barmoq izlari skaneri |

Ikki chetki sohilga qayrilgan sohil ekranchalarga, TouchWiz sensorli interfeysiga, Samsung Pay to‘lov tizimiga ega qurilma dunyoning eng ko‘p sotilgan qurilmalari ro‘yxatiga kirishga urinmoqda. Undagi Smart Manager boshqaruv tizimi foydalanuvchini qurilmaning holati bilan tanishtirib boradi. Uni Samsung Smart TV bilan ham ulash mumkin.

Estetik va dizayn jihatdan ham bu mobil aloqa vositasi sizga didingizga mos qulaylik va hashamni hadya qila oladi. Gadjetni 10 daqiqa quvvatlab, unda o‘rtacha 4 soat suhbatlashish yoki 2 soat video ko‘rish mumkin.

Shoshilinch vaziyatda qurilma bir soatda batamom quvvat olish imkoniga ega. Shuningdek, unda quvvat tejovchi texnologiya ham tatbiq qilingan.

Qurilmada barometr, giroskop, oraliq masofani o‘lchash, yurak urishi ritmini o‘lchash, optik barqarorlashtirish, raqamli kompas, multitach texnologiyalari mavjud.

Agar sizga boshqa gadjetlarga o‘xshamagan, yuqori sifatli kameraga ega qurilma kerak bo‘lsa, Samsung Galaxy S6 Edge siz uchun. Foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, narx-navo masalasida ham qurilma foydalanuvchilarning talabiga javob beradi.

Qurilmaning yetkazib berish komplektida 2A quvvatlash qurilmasi, micro USB qurilmasi, simli stereogarnitura, SIM-karta uchun qisqich, foydalanish qo‘llanmasi mavjud.

Qurilma taqdim qilinganida axborot texnologiyalari mutaxassis-ekspert va tanqidchilardan iliq munosabat ola boshladi. Gadjetning ekran imkoniyati, tasvir tiniqligi va kamera salohiyati kabi jihatlariga yuqori baho berildi.

Samsung Galaxy S6 Edge mobil aloqa vositasining  32GB tashqi xotiraga ega, ochiq kodli talqini Amazon.com internet do‘konida yetkazib berish xarajatlari bilan birga 596.00 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2015 yilning 27 yanvar holatida “Malika” savdo markazida 32GB qo‘shimcha xotiraga ega Samsung Galaxy S6 Edge aloqa vositasi 3.470.000 so‘mdan sotilmoqda.

  1. LG G4

Ishlab chiqaruvchi: LG Electronics.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 28 aprel.

Operatsion tizim: Android 5.1 Lollipop, LG UX 4.0 | Protsessor:  6 yadroli (Cortex-A57) | Platforma: Qualcomm Snapdragon 808 (MSM8992) | Grafik (video) protsessor: Adreno 418 | Interfeys: Wi-Fi, Bluetooth 4.1, microUSB (USB 2.0) quvvatlash va ma’lumot almashish uchun portali, 3.5 mm garnitur, NFC, IK-port |Ekran o‘lchami: 5.5 dyuym | Ekran: IPS LCD (IPS Quantum), QuadHD, har dyuym kvadratda 538 piksel belgi | Ekran himoyasi: Gorilla Glass 3 shishasi | Ekrannig piksellar sig‘imi: 2560 x 1440 | Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB, 2 TB.cha qo‘llab-quvvatlaydi | Akkumulyator: 3,000 mAs, Li-Ion | Orqa kamera: 16MP,  lazerli fokus, optik barqarorlik, rang spektr sensori, svetodiodli fotochaqnoq | Old kamera: 8MP | Qurilma sinfi: flagman | Korpus shakli: monoblok | Korpus turi: klassik | Korpus materiali: plastik, shisha, tabiiy charm va plastika | Navigatsiya: GPS/Glonass (xalqaro sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya tizimi) | Qo‘shimcha ichki qurilmalar: akselerometr – qurilmaning joylashuv holatini ko‘rsatuvchi sensor tizimi, harakat sensori, giroskop, barometr | O‘lchamlari: 148.9 x 76.1 x 9.8 mm | Vazni: 155 gramm | Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE, WCDMA, LTE Cat 9 (microSIM) | SIM-karta: 2 ta |

Mazkur gadjetning suratga olish jihatlari ko‘pchilikni maftun qilgan.

Kameraning keng diafragmasi yorug‘lik ta’siri past joyda yuqori yorug‘likni qabul qiladi va foydalanuvchiga qorong‘u joyda ham imkon qadar sifatli surat olish imkoniyatini yaratadi.

LG G4 uchun ishlab chiqilgan rangli spektrning infraqizil ranglarni qabul qiluvchi qurilma suratdagi ranglar tiniqligi va rang-barangligini, mayda detallarning ham aniq ko‘rinishini ta’minlaydi.

Lazerli avtofokus suratga olinayotgan ob’yektning fokusini aniqlash, soniyalar ichida suratga olish imkonini beradi. Shuningdek, gadjetga optik barqarorlashtirish tizimining takomillashtirilgan talqini o‘rnatilgan.

8 MP old kamera “selfiparast”lar uchun ayni muddao. “Qo‘l harakatlari yordamida suratga olish” funksiyasi sizga qulay suratga tushish muhitini yaratib beradi.

IPS Kuantum texnologiyasidagi displey tasvirning yuqori darajadagi yorqinligini ta’minlaydi. Unda yorug‘lik yoki ranglarning keskin o‘zgarishi ham yumshoqlik bilan amalga oshadi va ko‘zga ta’sir qilmaydi. In-cell Tuch texnologiyasi bu ekranda tasvirni quyosh va yorug‘lik kuchli joyda ham tomosha qilish imkoniyatini yaratib beradi.

Telefon korpusining orqa tomoni tabiiy charmdan ishlangan talqini ham mavjud bo‘lib, foydalanuvchiga uni kaftda ushlab turish uchun yordam beradi.

Charm qobiqli, LG G4 mobil aloqa vositasining  32GB tashqi xotiraga ega, ochiq kodli talqini Amazon.com internet do‘konida yetkazib berish xarajatlari bilan birga 584.00 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2015 yilning 27 yanvar holatida “Malika” savdo markazida 32GB qo‘shimcha xotiraga ega LG G4 aloqa vositasi 3.100.000 so‘mdan sotilmoqda.

  1. Samsung Galaxy S6

Ishlab chiqaruvchi: Samsung Electronics.

Taqdim qilingan vaqti: 2015 yil, 1 mart.

Operatsion tizim: Android 5 | Protsessor: Samsung Exynos 7420, 8 yadroli | Protsessor chastotasi: 2100 MGs | Videoprotsessor: Mali-T760 | Ekran o‘lchami: 5.1 dyuym | Ekranning piksellar sig‘imi: 1440 x 2560, Super AMOLED, har dyuym kvadratda 577 piksel belgisi | Sensorli boshqaruv: bor | Ekranning sensor texnologiyasi: multitach | Tezkor xotira: 3GB | Qo‘shimcha xotira: 32GB/64GB/128GB | Akkumulyator: 2550 mAs | Simsiz quvvat oldirish texnologiyasi: bor | Orqa kamera: 16MP, avtofokus, fotochaqnoq | Old kamera: 5MP | Korpus turi: klassik | Himoya tizimi: barmoq izlari skaneri | Qurilma o‘lchamlari: 143x71x6.8 mm | Vazni: 138 gramm | Interfeys: ANT+, Bluetooth 4.1, IrDa, NFC, USB 2.0, Wi-Fi (ac), Wi-Fi Direct | To‘lov tizimi:  Samsung Pay | Aloqa tarmog‘i: LTE cat.6 | Qobiq materiali: metall, shisha |

2015 yilda e’lon qilingan bu flagmanning oldiga Apple’ning iPhone 6 flagmanini “sindirish” fazifasi yuklatilgan edi.

Kompaniya tomonidan 2014 yilning fevral oyida taqdim qilingan Galaxy S5 smartfoni gadjetlar bozorida shuhrat qozona olmadi.  Samsung Galaxy S6 mobil aloqa vositasi esa kompaniyaning bu bozordagi o‘rnini qaytarib olishiga ko‘maklashdi.

To‘g‘ri, Android qurilmalari orasida bu apparat eng ko‘p sotilgan bo‘lsa ham, iPhone bilan raqobatda u kompaniyaga pand berib qo‘ydi.

Bu safar kompaniya ichki funksiyalardan ko‘ra, iPhone qarama-qarshi ravishda asosiy e’tiborni ko‘proq dizayn va apparat tashqi ko‘rinishiga qaratdi. Shu bois, ko‘pchilik uni Galaxy seriyasidagi flagmanlarga emas, iPhone qurilmalariga o‘xshab ketganlikda ham aybladi.

Samsung Galaxy S6 sensorli va operatsion tizimga mo‘ljallangan TouchWiz foydalanuvchilar interfeysining so‘nggi talqiniga ega.

Shu bilan birga, quvvatni tejash texnologiyasi tatbiq qilingan bo‘lib, qurilma bir soatda to‘la quvvat olish imkoni

Galaxy S6 2015 hamda 2016 yillarda dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilishi kutilayotgan telefon apparati sifatida e’tirof etilmoqda.

Qurilmaning himoya tizimini ta’minlashda uchta texnologiyadan foydalanilgan. KNOX – biznes va shaxsiy faoliyatni himoyalash tizimi; barmoq izlari skaneri; kredit kartochkasini virtual boshqarish tizimi.

Shuningdek gadjet quyidagi qo‘shimcha ichki qurilmalar: akselerometr (ekranning holatini aniqlaydigan, uning moslashuvchanlik rejimini boshqaruvchi qurilma, ya’ni uning yordamida qurilmadan gorizontal yoki vertikal ekranda foydalanish o‘ynash mumkin), barometr, giroskop (telefon holatini aniqlovchi qurilma), oraliq masofani ko‘rsatuvchi qurilma, yurak urishini nazorat qiluvchi qurilma, optik barqarorlashtirgich, raqamli kompas, Xoll datchigi (elektromagnit maydonini aniqlovchi qurilma).

Samsung Galaxy S6 qurilmasi Amazon.com internet do‘konida yetkazib berish sarf-xarajatlari bilan birga 467.41 AQSh dollaridan sotilmoqda.

2015 yilning 27 yanvar holatida “Malika” savdo markazida 32 GB qo‘shimcha xotiraga ega ochiq kodli Samsung Galaxy S6 G920I telefon apparati 2.850.000 so‘mdan sotilmoqda.

Biz e’tiboringizga havola qilgan qurilmalardan tashqari, xalqaro smartfonlar bozorida quyidagi:

hayratlanarli 4000 mAs quvvat sig‘imiga, 16 bosh va 8 MP old kameraga ega 6 dyuymli Huawei Mate 8 smartfoni;

Ixcham, ammo qoyilmaqom dizaynga, 12.3 MP orqa qo‘shkameraga, 5 MP old kameraga, Android 6 operatsion tizimga ega 5.2 dyuymli Nexus 5X mobil aloqa vositasi;

Smartfon sanoatida o‘zgarish yasashi kutilayotgan, Windows Phone 10 operatsion tizimida ishlaydigan, 20 MP orqa va 5 MP old kameraga, 1440 x 2560 piksel sig‘imiga ega 5.2 dyuymli  Microsoft Lumia 950 kabi yetakchilikka da’vo qilayotgan smartfonlar ham bor.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.