2016 yilda Facebook’ning moliyaviy daromadi 54 foizga yuqoriladi

2016 yilda Facebook’ning moliyaviy daromadi 54 foizga yuqoriladi

Facebook kompaniyasi 2016 yilga doir moliyaviy hisobtni e’lon qildi, deb xabar bermoqda IXBT nashri.

So‘nggi chorakda kompaniyaning olgan daromadi 8,8 mlrd dolarni tashkil qilgan, bu 2015 yilning shu davriga nisbatan 51 foizga yuqoridir. Operatsion daromad esa 44 foizdan 52 foizga, sof foyda esa 128 foizga o‘sgan ($3,57 mlrd).

2016 yil uchun umumiy daromad esa 27,6 mlrd dollarga teng bo‘lgan, bu 2015 yildagi ko‘rsatkichdan 54 foizga ko‘p. Sof foyda esa 10,2 mlrd dollarni tashkil etib, jami 177 foizga yuqorilagan.

Tarmoqdan har kuni foydalanadigan foydanuvchilar soni 18 foizga o‘sgan va 1,23 mlrd kishiga yetgan. 1,15 mlrd odam ijtimoiy tarmoqdan mobil qurilmalar orqali foydalanadi. Aynan mobil reklamadan olingan daromad kompaniya jami reklama daromadining 84 foizini tashkil qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!