2016 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni ma’lum bo‘ldi

2016 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni ma’lum bo‘ldi

Apple’ning 1,5 yil avval taqdim qilgan iPhone 6s smartfoni jahon miqyosida 2016 yilda eng ko‘p sotilgan mobil telefoni, deya e’tirof etildi. Shunday qilib, eski ayfon “2016 yilning eng yaxshi smartfoni” nomiga munosib topilgan Samsung’ning so‘nggi Galaxy S7 modelini mag‘lub qildi. Bu to‘g‘rida IHS Markit xalqaro tadqiqot markazi ma’lum qilmoqda.

Amerikalik texnologiya giganti o‘tgan yil mobaynida jahon bo‘ylab 60 million dona iPhone 6s mobil aloqa vositasini sotishga erishgan. Shuningdek, “Olma” korporatsiyasi 2016 yilda xalqaro smartfon bozoriga 50 million dona iPhone 7 sotishga ham muvaffaq bo‘lgan. iPhone 7 Plus esa bir yil orasida 25 million marotaba xarid qilingan.

iPhone 6s

Samsung’ning flagman smartfon modeli bo‘lmish Galaxy S7 Edge smartfon bozorida 5-o‘rinda turibdi. Undan jami 25 million dona sotilgan.

S7 Edge

iPhone 6s devaysi 2015 yilning 4-choragida bozorga chiqarilgan edi. Samsung’ning S7 hamda S7 Edge 2016 yilning fevralida namoyish qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Samsung’ning S7 flagmani 9-o‘rinni egallagan. Shunday bo‘lsa ham, Samsung S7 modelini 2016 yilning shu davri oralig‘ida S6 va S6 Edge’dan ko‘ra 10 million dona ko‘proq sotishga erishgan. Kompaniya yonib ketayotgan Note 7 smartfonini qaytarib olish to‘g‘risida e’lon berganidan keyin S7 modelining savdosi ko‘tarilib ketgan.

Biroq, Samsung 2016 yilda eng ko‘p sotilgan smartfon brendlarining “top-5″ligiga kirgan. Boisi, uning o‘rta narxli “aqlli telefon”lariga ham bozorda ehtiyoj yuqori.

Huawei jahonda eng ko‘p smartfon sotayotgan kompaniyalar uchligidan o‘rin oldi. Ammo, ehtiyoj eng katta 10 ta smartfon brendlari orasida uning birorta smartfon modeli mavjud emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!