2016 yilning eng muammoli smartfonlari e’lon qilindi

2016 yilning eng muammoli smartfonlari e’lon qilindi

Blancco xalqaro texnologiya kompaniyasi mutaxassislari davrimizning eng muammoli smartfonlari reytingini shakllantirdilar. Tahlillar nosozliklarning sodir bo‘lishi bo‘yicha iPhone qurilmalarining Android “aqlli” telefonlariga yutaqzib qo‘yayotganini ko‘rsatmoqda.

2016 yilning birinchi choragidagi ma’lumotlarga ko‘ra, turli nosozliklar tufayli qaytarilgan iPhone telefonlari avvalgi yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga ko‘paygan. 2016 yilning ikkinchi choragida esa mazkur ko‘rsatkich 58 foizgacha oshib ketgan. Mazkur holatda asosan iPhone 6s apparatida kamchiliklar yuzaga kelgan. 29 foiz holatda ushbu mobil aloqa vositasidagi iOS tizimining yaxshi ishlamasligi kuzatilgan.

2016 yilning 1-choragida foydalanuvchilar tomonidan qaytarilgan Android smartfonlar ko‘rsatkichi 44 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2-chorakda bu bir oz pasayib, 35 foizni tashkil qilgan.
Asosan Samsung smartfonlarini qaytarish holatlari ko‘p kuzatilgan. Agar Janubiy Koreyadan bo‘lgan ushbu kompaniya smartfon bozorida peshqadam ekani hisobga olinsa, buni tushunsa bo‘ladi. Xitoylik smartfonlar orasida esa 2016 yilning fevralida taqdim etilgan LeEco Le1S telefoni nosozliklarga “boyligi” bo‘yicha yetakchilik qilgan.

Nosozlik bilan bog‘liq sabablar

65 foiz holatda iOS qurilmalarini qaytib topshirish qurilmaning ilovalarni o‘qishi bilan yuzaga kelgan muammo tufayli qayd etilgan. Shuningdek, “Olma” mahsulotida Wi-Fi modulining ishlamasligi, naushniklardagi nosozlik,ma’lumotlar uzatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.

Android tizimidagi smartfonlarda esa kameraning nosoz ishlashi, akkumulyatorni quvvatlashda, sensor ishlamasligi, dinamiklar va mikrofon ishlamasligi kuzatilgan.

Ilovalar bilan bog‘liq muammolar

Ekspertlar mazkur ikkala operatsion tizimlarning dasturlarni o‘qish imkoniyatini ham sinab ko‘rdilar. Unga ko‘ra iOS-qurilmalarining 50%ida, Android smartfonlarining 23%ida dasturlarni o‘qish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. iOS tizimida Snapchat, Instagram, Facebook dasturlarini o‘qishda nisbatan ko‘proq muammo yuzaga kelgan. 2016 yilning Android telefonlari esa asosan Google dasturiy mahsulotlarini o‘qishda qiyinchilikka uchragan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!