2016 yilning ko‘pchilik eshitmagan 8 ta ilg‘or smartfoni

2016 yilning ko‘pchilik eshitmagan 8 ta ilg‘or smartfoni

Ayni vaqtda smartfonlarning juda ko‘p modellari ishlab chiqarilayotganligi barchaga ma’lum. Ularning turi va sanog‘i shu darajada ko‘payib ketdiki, natijada jahon bozorida kuchli raqobat yuzaga keldi. Yirik moliyaviy mablag‘ va yetarli tajribaga ega bo‘lgan sohaning nomdor kompaniyalari mazkur bozorda o‘z pozitsiyalarini mustahkamladilar. Biroq jahonda biz bilmagan va eshitmagan kuchli texnik parametrlar bilan ta’minlangan sifatli smartfonlar tayyorlaydigan startap va firmalar ham yo‘q emas. Ushbu maqolada 2016 yilda tayyorlangan qo‘pchilik eshitmagan 8 ta smartfon to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Meitu V4s

Xitoyning Meiti kompaniyasi, asosan, fotomuharrirlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Firma joriy yilda Foxconn kompaniyasi bilan hamkorlikda bir nechta smartfon tayyorladi. Meitu boshqa xitoylik firmalardan farqli ravishda, ko‘r-ko‘rona iPhone dizaynini nusxalamaydi, balki o‘zining qarashi va uslubidan kelib chiqib smartfon yaratadi. Uning Meitu V4s smartfoni 21 MPli Sony IMX230 sensoriga ega kamera, tasvirlarni qayta ishlash protsessori, 6 ta linzali optika, MediaTek Helio X10 (MT6795) chipi, 5 dyuymli Full HD ekran, 3 GB operativ va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Batareya sig‘imi 2650 mA/st. Meitu bir oyga 20 mingdan ortiq smartfon sotadi.

meitu_v4s_0_resize

Gree Phone 2

Bu kompaniya O‘zbekistonda o‘zining maishiy texnika vositalari bilan yaxshi tanilgan. Biroq uning smarfton tayyorlashini ham ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. Gree’ning birinchi smartfoni qimmat narx va kuchsiz protsessor sabab hech kimning e’tiborini jalb etmadi. Biroq firmaning Gree Phone 2 nomli ikkinchi smartfoni bir talay kuchli texnik parametrlar bilan ishlab chiqarildi. Gree Phone 2 qurilmasiga 6 dyuymli QHD ekran, sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lgan batareya, 16 MP/8 MPli kamera 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan.

gree_phone_2_1 gree_phone_2_2

Sky I’m Back

Janubiy Koreyaning Pantech kompaniyasi bankrotlik holatidan keyin I’m Back nomli smartfon bilan yana bozorga qaytdi. Modelga ilova qilingan tosh va g‘ildirak uning asosiy fishkalariga aylandi. Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, g‘ildirak va tosh. Smartfonning chap yon tarafida joylashgan mazkur g‘ildirak ovoz balandligi sozlashga xizmat qiladi. Uning tosh (Stone) degan aksessuari esa simsiz zaryadlash qurilmasi va dinamik vazifasini bajaradi. I’m Back modeli 5,15 dyuymli Full HD ekran, 13MP+5 MP kamera, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega. Model taxminan 400 dollar narxida sotiladi

pantech_sky_imback_im100_1_resize

Samsung World Leading Flagship 3

Texnologiya gigantining mazkur nomdagi raskladushka smartfoni faqatgina Xitoyda sotiladi. O‘tgan yili chiqarilgan mazkur model Qualcomm Snapdragon 808 protsessorida ishlaydi, 16 MP+ 5 MP kamera, 2020 mA/st sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Unga ikki tomondan 3,9 dyuymli Super AMOLED ekran o‘rnatilgan. Gadjetning 16 MPli asosiy kamerasi Galaxy S6 kabi  f/1,9 diafragmaga ega.

samsung_world_leading_flagship_3_1_resize

Gigaset Me Pro

Xitoy va Janubiy Koreyadan Yevropaga qarab yo‘l olamiz. Gigaset kompaniyasi o‘tgan yilning kuzida Germaniyada tayyorlangan Gigaset Me Pro modelini taqdim qilgan edi. Garchi firma smartfonlari katta shov-shuvni keltirib chiqargan bo‘lsa-da, yevropaliklar ularga ishonch bildirishmadi.

Gigaset Me Pro Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira, sifatli audio uchun xizmat qiladigan ESS Sabre ES9018 chipi, 5,5 dyuymli Full HD displey, 20 MPli asosiy kamera (Sony IMX230 sensori bilan) va 8 MPli old kamera bilan ta’minlangan. Model Germaniyada 559 yevro narxida sotilgan.

Smartron t.phone

Hindistonning Smartron kompaniyasi o‘tgan yili Smartron t.phone nomli o‘zining flagmanini taqdim qilgan edi. Devays to‘liq metall korpus bilan o‘ralgan, 5,5 dyuymli AMOLED ekran, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Shuningdek, kompaniya mazkur smartfon foydalanuvchilariga cheksiz bulut xotira va doimiy onlayn yordamni o‘z ichiga olgan tron.x nomli ximatni ham taqdim etadi. Model 13MP + 4 MPli kameralar va sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan batareya bilan quvvatlangan. Smartfon Hindistonda taxminan 400 dollar narxida sotiladi.

smartron_tphone_1_resize

Bittium Tough Mobile 

Afsonaviy Nokia bilan vatandosh bo‘lgan Finlandiyaning Bittium kompaniyasi ham bir qator smartfonlarni chiqarishgan ulgurgan. Avvalroq tarmoqda aynan mana shu kompaniya Nokia smartfonlarini ishlab chiqarishi borasida ba’zi mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq ular faqat mish-mishligicha qolib ketdi.

Bittium Tough Mobile modeli magniy qorishmasidan qilingan himoyalangan (IP67) korpusga ega. Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, 2 GB tezkor va 16 GB domiy xotira, 5 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan. Kameralar aniqligi 8 MP + 2 MP. Model faqat korporativ mijozlarga sotiladi.

Lumigon T3

Bundan taxminan 5 oy avval Daniyaning Lumigon kompaniyasi o‘zining Lumigon T3 nomli flagman smartfonini e’lon qilgan edi. Flagman smartfondan tashqari uning lyuks versiyasi T3 Exclusive modeli ham sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.Lumigon T3 korpusi Corning Gorilla Glass 4 standartidagi shisha va zanglamas po‘latdan qilingan. 13 MPli va 4 MPli qo‘sh asosiy kameraga ega. Old kameraning aniqligi 5 MP. Gadjet barmoq izi skaneri, 4,8 dyuymli Full HD aniqligidagi SuperAMOLED-ekran, sakkiz yadroli MediaTek Helio X10 protsessori, 3 GB tezkor va 128 GB doimiy xotira bilan jihozlangan.

vePhGTAI6RND1yBxsGDtA6HtZiMw

Qurilma Android 6.0 Marshmallow dasturida ishlaydi, 2285 mA/st sig‘imli batareyadan quvvatlanadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!