2016 yilning 4 ta ilg‘or Android'lari yurtimizda bugun ham yaxshi sotilmoqda

2016 yilning 4 ta ilg‘or Android'lari yurtimizda bugun ham yaxshi sotilmoqda

2016 yilda ham smartfon bozori bir-biridan qiziqarli smartfonlarga boy bo‘lgan edi. Quyida mana shu smartfonlarning o‘ziga xosliklari qatorida, ularning O‘zbekistondagi bugungi narx-navolariga ham to‘xtalishni lozim topdik. Bu smartfonlar plaftorma hamda tashqi ko‘rinishdan bugungi "avlodlari"dan qolishmaydi.


LeEco Le Max 2

“Cuperfon” degan sifat bilan taqdim qilingan Le Max 2 smartfoni 5.7 dyuymli bo‘lib, 1440 x 2560 piksel sig‘imli Quad-HD (har dyuymda 515 piksel) displeyga ega. Unda HD yoki 4K sig‘imli videolarni yuqori sifatda ko‘rish mumkin.

Devays 2,15 GGs chastota tezligiga ega 4 yadroli, ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Metall korpuslm Le Max 2 ikki talqinda 4/6 GB tezkor, 32 hamda 64 GB doimiy xotira sig‘imiga ega versiyalarda ishlab chiqariladi.

Smartfonda bosh kamera 21 MP hamda uning kunduzgi suratlar olishda tengsiz ekanligi aytilmoqda. Unda 4K sig‘imli video ham yozish mumkin. Selfi kamera sig‘imi esa 8 MP.

Le Max 2 gadjeti 3,100 mA soat sig‘imga ega tezkor quvvat oluvchi akkumulyatorga ega.

Le Max 2 bugungi kunda mamlakatimizda 250 AQSh dollaridan sotilmoqda.

LG V20

5,7 dyuymli displey QHD (2560 x 1440) aniqligiga ega. 2,1 dyuymli qo‘shimcha ekranda bildirishnomalarni kengaytirish funksiyasi qo‘llanilgan.

Apparat Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Unga 4 GB (LPDDR4) tezkor xotira, 64 GB (UFS 2.0) doimiy xotira, barmoq izi skaneri, 3200 mA/st sig‘imdagi akkumulyator (Qualcomm Quick Charge 3.0) o‘rnatilgan.

Qo‘sh sensorli bosh kamera: 16 MP + 8 MP, LED-chaqnoq, lazerli fokus, optik stabilizatsiya (16 Mp), 4K@30fps formatida video yozish; Old kamera: 5 MP, f/1.9, namoyish burchagi 120 gradus.

V20 korpusi AL6013 metal rusumidagi yengil alyuminiydan ishlangan.

LG V20 yurtimiz smartfon bozorida o‘rtacha 250 AQSh dollaridan sotilmoqda.


Xiaomi Mi MIX

Ramkasiz Xiaomi Mi Mix aniqligi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displey bilan jihozlangan, ekranning diagonali 6,4 dyumni tashkil qiladi. Bir dyumdagi 363 ta piksel mavjud. Smartfon displeyi old yuzaning 91,3 foizini egallaydi.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 821 protsessori bazasiga qurilgan va Quick Charge 3.0 tezkor zaryadlash funksiyasi bo‘lgan 4400 mAch sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Mi Mix korpusi sopoldan ishlangan.

Bundan tashkari, Xiaomi Mi Mix modeliga OmniVision OV16880 sensorida ishlaydigan 16 MPli asosiy kamera hamda 5 MPli (OV5675 sensori bilan) old kamera o‘rnatilgan.

Xiaomi Mi MIX'ning 6/256 GB talqini o‘rtacha 500 AQSh dollaridan sotilmoqda.


Xiaomi Mi5S

Diagonali 5,15 dyuym bo‘lgan IPS matritsali ekranning sifati, unda rang-tasvirning aks etishi yuqori sifatli. Displeyning piksellar sig‘imi 1920 x 1080 belgiga teng, ya’ni Full HD.

Xiaomi Mi5s smartfoni Qualcomm Snapdragon 821 chipsetida ishlaydi. U NFC aloqasiz to‘lovlar servisi va 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Mi5S’da 4 gigabaytli operativ xotira o‘rnatilgan. Bu tizimning faoliyati uchun yetarli. Smartfonning doimiy xotirasi 32/64/128 Gbayt.

Telefondagi akkumulyator sig‘imi 3200 mA soat. Smartfon Qualcomm QuickCharge 3.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. U 100 minutda esa to‘liq quvvat oladi.

Mi 5s (64 gb) yurtimizda 2,5 mln so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.