2017 yildan Hindistonning barcha telefonlarida “trevoga tugmasi” bo‘ladi

2017 yildan Hindistonning barcha telefonlarida “trevoga tugmasi” bo‘ladi

Hindistonning Aloqa va axborot texnologiyalar Vazirligi mobil telefon ishlab chiqaruvchilar kelgusi yildan “trevoga tugmasi” va GPS o‘rnatishini bildirdi. Yangi qoida joriy etilishidan maqsad xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan muhofaza etishdir.

Telefon ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar favqulodda vaziyatlarda chaqirish vazifasini bir tugmaga biriktirmoqda. Bunda mijoz politsiya, tez yordam yoki o‘t o‘chirish kabi shoshilinch xizmatlarga alohida raqam terib o‘tirmaydi.

Hozirgi kunda Hindistonda shoshilinch xizmatning yagona raqami ham mavjud emas. Hukumat muammoga so‘nggi vaqtda e’tibor qaratmoqda, milliy qutqaruv xizmatining yangi raqami 112 qilib belgilandi. Yaqin oylarda yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

2012 yilda olti erkak bir ayolni zo‘rlab o‘ldirgani sababli Hindiston larzaga tushgan edi, shu hodisa tufayli Hindiston ayollarni himoyalash choralarini ko‘rmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!