2017 yilning eng ommabop va eng qiziqarli bepul Android-o‘yinlari
Bugungi kunda smartfon nafaqat o‘zaro muloqotlarimiz xizmat qiladi, balki u ko‘p funksiyali qurilmaga aylanib ulgurgan. Bu gadjetning vazifalaridan biri – o‘yin, ko‘ngil ochish vositasi sifatida qo‘llanishidir.
O‘QING: Sega endi iOS va Android uchun bepul retro o‘yinlarni taqdim etadi
Jumladan, Google Play ilovalar do‘konida Android tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan ko‘plab o‘yinlar mavjud. Ular orasidan Google versiyasiga ko‘ra eng qiziqarlilari va 2017 yilda eng ko‘p ko‘chirib olinganlari Layfxaker nashri e’lon qilgan. Keling, ular orasidan bepullariga bir nazar solamiz: o‘yinlar turiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan va har birining nomida uni yuklab olish uchun havola ham joylangan.
Eng yaxshi musobaqa o‘yinlari
Raqobatdan qochmaydigan, boshqa o‘yinchilar bilan kuch sinashishga chog‘langanlar uchun maxsus o‘yinlar turkumi:
Eng ijtimoiy o‘yinlar
Mazkur guruhdagi o‘yinlar asosan do‘stlar bilan muloqotga mo‘ljallangan, shuningdek, ular yordamida yangi tanishlar orttirish ham mumkin:
Eng yaxshi indi-o‘yinlar
Ko‘pchilikka notanish bo‘lgan «indi-o‘yin» atamasi kompyuter o‘yinlari ishlab chiqishga moslashgan kompaniyalarning moddiy ko‘magisiz, mustaqil dasturchilar tomonidan yaratilgan o‘yinni anglatadi. Google versiyasiga ko‘ra, quyidagi indi-o‘yinlar 2018 yili yanada ommalashib ketadi:
Eng innovatsion o‘yinlar
Ushbu turkumga mansub o‘yinlar g‘ayrioddiy mexanikasi hamda geympley nuqtai nazaridan dadil g‘oyalari bilan ajralib turadi:
Eng yaxshi kazual o‘yinlar
Uncha qiyin bo‘lmagan o‘yin mexanikasiga va vizual interfeysga ega, ammo tasodiflarga boy o‘yinlar quyidagilardir:
- Gapiruvchi Xenk
- Homescapes
- Once Upon a Tower
- Telba oshpaz – restorandagi quvnoq shirin o‘yin
- Bubble Witch 3 Saga
Bolalar uchun eng yaxshi o‘yinlar
Kichkintoylarga mo‘ljallangan, ularning ota-onalariga ham ma’qul bo‘lgan o‘yinlar bilan tanishing:
- Mitti panda restorani
- Kichkintoy yong‘in o‘chiruvchilar
- Mi-mi-mishki – katta konsert
- Masha va Ayiq: Taom tayyorlaymiz
Eng ommaboplari
2017 yilda eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar guruhiga xush kelibsiz! Ular orasidan CATS: Crash Arena Turbo Stars yilning eng yaxshi o‘yini deb tan olingan.
- CATS: Crash Arena Turbo Stars
- Spinner - Fidget Spinner
- Last Day on Earth: Survival
- Trollfeys Kvest: TV Shou
- Magic Tiles 3
Xo‘sh, sizningcha, yana qaysi o‘yinlar bu ro‘yxatga kirishga munosib edi?