2017 yilning eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

  •   DiMaX
  •  4746
  •  07.10.2017 17:41

2017 yilning eng yaxshi smartfonlari aniqlandi

Yakuniga yetayotgan haftada Mobile Choice Consumer Awards 2017 marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir natijalari va sovrindorlar haqida uning tashkilotchisi – TechRadar saytida xabar berilmoqda.

TechRadar tomonidan uyushtirilib kelayotgan mazkur tadbirda 2017 yildagi eng yaxshi smartfonlar, mobil bozor bilan bog‘liq xizmatlar va mahsulotlar e’lon qilindi. Unda Samsung kompaniyasi ikkita sovringa ega bo‘ldi. Uning o‘zi joriy yildagi eng yaxshi ishlab chiqaruvchi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, Galaxy S8 qurilmasi 2017 yilning eng yaxshi smartfoni, deya tan olindi. 

Honor brendi kutilmaganda «One to Watch» toifasi bo‘yicha sovrindor bo‘ldi, Honor 9 esa o‘rtacha toifadagi smartfonlarning eng a’losi sifatida tanildi.

Hakamlar hay’ati eng yaxshi hamyonbop smartfon deb Moto E4 modelini ko‘rsatishdi. Bu nominatsiya bo‘yicha u Honor 5C, Nokia 3310, Samsung Galaxy J3, Sony Xperia XA va Vodafone Smart N8 smartfonlarini ortda qoldirdi.

Bu yilda eng yaxshi smart-soat Apple Watch 2 ekani e’tirof etildi. Fitnes uchun taqiluvchi eng yaxshi gadjet sifatida bo‘lsa Fitbit Charge 2 tan olindi. Internetga ulangan gadjetlarning eng yaxshisi Google Home, eng yaxshi onlayn-riteyler esa Amazon ekani aytildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!