2018 yil smartfonlari: aqlbovar qilmas texnologiya endi haqiqat

2018 yil smartfonlari: aqlbovar qilmas texnologiya endi haqiqat

Smartfon ishlab chiqaruvchilari soni ortib borgani sayin, bu yo‘ldagi yangi funksiya va texnologiyalarga ajratiladigan sarmoya miqdori ham oshib bormoqda, pul tikadiganlar ko‘paymoqda. Bu esa gadjetlarda qachonlardir aqlga sig‘mas jihatlarning tatbiq qilinishiga zamin yaratmoqda.

2017 yilni sarhisob qiladigan bo‘lsak, bu yil smartfonlar uchun "romdan xoli ekran" yili bo‘ldi deyish mumkin. Devayslardagi samaradorlik ham sezilarli ravishda oshdi. Yaqindagina 2018 yilning smartfonlari avval faqat orzu qilish mumkin bo‘lgan bir fantastik jihatga ega bo‘lishi ma’lum qilindi.

Bunda o‘tgan haftada taqdim qilingan Qualcomm Snapdragon 845 protsessori muhim rol o‘ynaydi. Uning samaradorligi avvalgi chiplardan ko‘ra 30% ga yuqori. Misol uchun, Xiaomi Mi 7, Samsung Galaxy S9, LG G7, Essential Phone 2, OnePlus 6 va boshqa o‘nlab smartfonlar egalari Bluetooth yordamida bir vaqtning o‘zida ovozni 2 ta boshqa-boshqa gadjetda tinglash imkoniga ega bo‘ladilar.

Qualcomm kompaniyasi dasturchilar uchun allaqachon maxsus API dasturlash protokolini e’lon qildi.Endi musiqani bir vaqtda audio-quloqchinda, kolonka, musiqiy tizim va boshqa ovoz uzatish devayslarida tinglash mumkin bo‘ladi.

Hozirda musiqani Bluetooth yordamida ovozni faqat birgina radiokarnayda tinglash mumkin. Ya’ni, telefon bu karnayga ulanadi va ovozni tarata boshlaydi. Bir qancha audio-karnay ishlab chiqaruvchilar, jumladan JBL kompaniyasi taqdim qilayotgan ilg‘or texnologiya bir nechta simsiz audio-karnaylardan bir vaqtning o‘zida tovush taratish imkonini yaratib beradi. 2018 yil devayslaridagi Snapdragon 845 ana shunday innovatsion yechimni taklif qiladi.

Aynan shu maqsadda amerikalik Qualcomm korporatsiyasi AQustic nomli maxsus audiokodekni ham e’lon qilgan. Buning yordamida smartfon uzatayotgan ovoz sifati, smartfonning ovoz yozib olish sifati, shuningdek ovozni tanish texnologiyasi yanada takomillashadi.