2019 yilning dastlabki olti oyida qaysi smartfonlar eng ko‘p sotilgan?

2019 yilning dastlabki olti oyida qaysi smartfonlar eng ko‘p sotilgan?

2019 yilning birinchi yarmida qaysi kompaniyaning smartfonlari eng ko‘p sotildi deb o‘ylaysiz? Qaysi smartfonlaning bozori eng chaqqon bo‘ldi? IHS Market tadqiqot kompaniyasi ushbu savolga javob beradi. Quyida joriy yilning dastlabki olti oyida eng ko‘p sotilgan smartfonlarning 10 tasini keltirib o‘tamiz.

10. Samsung Galaxy A30

Janubiy koreyalik kompaniya yil boshidan buyon 9.2 mln dona A30 byudjet smartfonini sotgan.

Texnik jihatlari:
Ekran: Super AMOLED;
Protsessor: Exynos 7904;
Grafik protsessor: Mali-G71 MP2;
Xotira: 3/32GB, 64/4GB;
Kamera: 16 MP + 5MP, 16MP selfi kamera;
Akkumulyator: 4000 mA/soat.

9. Apple iPhone XS Max

Apple esa dastlabki olti oyda 9.6mln dona XS Max sotgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: OLED;
Protsessor: Apple A12 Bionic;
Grafik protsessor: Apple GPU;
Xotira: 4/64GB, 4/256GB, 4/512GB;
Kamera: 12MP + 12MP telefoto, 7MP selfi kamera;
Akkumulyator: 3174mA/soat.

8. Oppo A5

Xitoy kompaniyasi 9.7 mln dona ushbu rusumdagi smartfon sotgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: Qualcomm CDM450, Snapdragon 450;
Grafik protsessor: Adreno 506;
Kamera: 13MP+2MP, 8MP selfi kamera;
Xotira: 3/32GB, 4/64GB;
Akkumulyator: 4230mA/soat.

7. Samsung Galaxy J2 Core

Samsung'ning yana bir byudjet smartfoni 9.9 mln dona sotilgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: PLS TFT;
Protsessor: Exynos 7570;
Grafik protsessor: Mali-T720;
Kamera: 8MP, 5MP selfi kamera;
Xotira: 1/8GB;
Akkumulyator: 2600mA/soat.

6. Xiaomi Redmi Note 7

Ushbu gadjet yil boshidan buyon naqd 10 mln dona sotilgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: Snapdragon 660;
Grafik protsessor: Adreno 512;
Kamera: 48MP+5MP, 13MP selfi kamera;
Xotira: 3/32GB, 4/64GB, 6/64GB;
Akkumulyator: 4000mA/soat.

5. Xiaomi Redmi 6A

2019 yil birinchi yarmida juda hamyonbop bo‘lgan ushbu smartfon 10.3 mln dona sotilgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: sakkiz yadroli 2.0GHz Cortex-A53;
Grafik protsessor: PowerVr GE8320;
Kamera: 13MP, 5MP selfi kamera;
Xotira: 2/16GB, 2/32GB, 3/32GB; Akkumulyator: 3000mA/soat.

4. Apple iPhone 8

2017 yilda ishlab chiqarilganiga qaramay, ushbu gadjetning bozori hali ham chaqqon. Bu yili 10.3 mln dona iPhone 8 sotilgan va yil oxirigacha bu son yana oshishi ehtimoli katta.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: Apple A11 Bionic;
Grafik protsessor: Apple GPU;
Kamera: 12MP, 7MP selfi kamera;
Xotira: 2/64GB, 2/128GB, 2/256GB;
Akkumulyator: 1821mA/soat.

3. Samsung Galaxy A50

2019 yilda Galaxy smartfonlar orasida eng trendda bo‘layotgani - bu Galaxy A50'dir. Buning sababini uning qancha miqdorda sotilgani ham ko‘rsatib turibdi. Hozirgacha devays 12 mlndan ortiq sotilgan.
Texnik jihatlari:

Ekran: Super AMOLED;
Protsessor: Exynos 9610;
Grafik protsessor: Mali-G72 MP3;
Kamera: 25MP+8MP +5MP, 25MP selfi kamera;
Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB;
Akkumulyator: 4000 mA/soat.

2. Samsung Galaxy A10

Samsung'ning byudjet smartfoni, Galaxy A10 IHS Market bo‘yicha eng ko‘p sotilgan ikkinchi smartfon. Samsung 13,4 million dona Galaxy A10 gadjetini sotishga muvaffaq bo‘lgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: Exynos 7884;
Grafik protsessor: Mali-G71 MP2;
Kamera: 13MP, 5MP selfi kamera;
Xotira: 2/32GB;
Akkumulyator: 3400 mA/soat.

1. Apple iPhone XR

iPhone X seriyasining arzonroq bo‘lgan gadjeti iPhone XR IHS Market ma’lumotlariga ko‘ra, 2019
yilning birinchi yarmida 26,4 mln dona sotilgan.
Texnik jihatlari:
Ekran: IPS LCD;
Protsessor: Apple A12 Bionic;
Grafik protsessor: Apple GPU;
Kamera: 12MP, 7MP selfi kamera;
Xotira: 3/64GB, 3/128GB, 3/256GB;
Akkumulyator: 2942 mA/soat.

O‘QING: Eng zo‘r Android smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing (2019 yil, kuz)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!