2021 yilda smartfonda 6.3 barobar ko‘proq ma’lumot almasha boshlaysiz

2021 yilda smartfonda 6.3 barobar ko‘proq ma’lumot almasha boshlaysiz

2021 yilga kelib Shimoliy Amerikada istiqomat qilayotgan smartfon foydalanuvchilari har oyda o‘rtacha 8.9 Gbayt ma’lumotni iste’mol qila boshlaydi. Bu haqda Ericsson Mobility Report muassasasi hisobotida ma’lum qilingan.

Hisobotda aytilishicha, bugunda faol smartfon foydalanuvchisi uzog‘i bilan bir oyda o‘rtacha 1.4 Gbayt ma’lumotni o‘qimoqda yoki almashmoqda.

Osiyo mintaqasining aksariyat mamlakatlarida esa bu ko‘rsatkich 6-7 Gbayt.gacha o‘sishi aytilmoqda.

Ekspertlar mazkur o‘sishni 4G LTE hamda 2020 yilda joriy qilinishi kutilayotgan 5G  aloqa texnologiyalari bilan bog‘lashmoqda.

“Shuningdek, smartfonlar orqali olinadigan ma’lumot hajmining o‘sishi bevosita “aqlli telefon”larning ommalashishi bilan ham bog‘lanmoqda.

Bunda, ayniqsa foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro almashilinadigan video muloqotlarning o‘rni muhim”, deyiladi hisobotda.

Jumladan, o‘zaro almashilinadigan ma’lumotlarning eng kam miqdori, ya’ni hujjat va fayllarni, veb-qidiruv, ilovalarni yuklab olish bilan birga, 55 foizini video ma’lumotlar tashkil etadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!