2021 yilda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 barobarga ko‘payadi

2021 yilda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 barobarga ko‘payadi

Milliy matbuot markazida «O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot anjumani tashkil etdi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Unda aytilishicha, bugun kompaniya tizimida 50 dan ortiq turli yo‘nalishdagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

So‘nggi 26 yil mobaynida sohaga doir 120 dan ortiq innovatsion loyiha amalga oshirildi.

Elektrotexnika sohasini yanada rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining shu yil 13 fevralda «2017–2021 yillarda elektrotexnika sanoatini yanada takomillashtirish, jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilishlash chora-tadbirlari to‘g‘risi»gi qarori qabul qilingan.

Kompaniya belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida 2021 yilgacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5, eksport mahsulotlari 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, aholining bandligini ta’minlash borasidagi ishlar yanada kengayadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!