2022-yil birinchi choragida eng ko'p sotilgan smartfoni qaysi ekanligi ma'lum bo'ldi

2022-yil birinchi choragida eng ko'p sotilgan smartfoni qaysi ekanligi ma'lum bo'ldi

Xalqaro ma'lumotlar korporatsiyasi (IDC) tahlilchisi Fransisko Jeronimo o'z Twitter sahifasida 2022-yilning ilk choragida eng ko'p sotilgan smartfonlar top beshtaligini e'lon qildi. Unga ko'ra, ro'yxatning uchta o'rnini Apple'ning so'nggi avloddagi flagmanlari band qilgan bo'lsa, qolgan ikki o'rinni o'rta byudjetli Samsung telefonlari egallagan. Afsuski, smartfonlarning qancha miqdorda sotilganligi yoki ularning bozordagi ulushi haqida ma'lumot berilmagan.

Suratdan ko'rish mumkinki, Apple'ning iPhone 13 smartfoni bir necha yil avvalgi dizayn bilan chiqarilganiga qaramay joriy yilning birinchi uch oyligida eng ko'p sotilgan bo'lgan. Qolgan raqobatchilarga qaraydigan bo'lsak, Apple flagmani o'zining boshqa modeldagilari bilan to'qnash kelganga o'xshaydi. Shunday qilib, keyingi faxrli ikkinchi o'rinni ham Apple o'tgan yili taqdim qilgan iPhone 13 qatoridagi smartfon, iPhone 13 Pro Max modeli qo'lga kiritgan va bundan odamlar kattaroq ekran, yaxshiroq kamera va uzoqqa yetuvchi batareya quvvati uchun ko'proq pul to'lashga tayyor ekanliklarini bilish mumkin. Shuningdek, yana bir iPhone 13 modeli, iPhone 13 Pro Samsung byudjet smartfonidan keyingi to'rtinchi o'rinni band qilgan.

Apple'ning deyarli barcha yuqori darajadagi, qimmat smartfonlari top o'rinlarga davogarlik qilayotgan bir vaqtda Janubiy Koreyalik Samsung kompaniyasining faqat o'rta darajadagi smartfonlari top beshlikka kira olgan xolos. O'tgan 2021-yilda eng ko'p sotilgan telefon bo'lgan Galaxy A12 hali ham eng ko'p xarid qilinayotganlar orasida va u bugungi ro'yxatning uchinchi o'rnini egallagan. Galaxy A32, yana bir o'rta byudjetli smartfoni esa yilning birinchi choragida eng ko'p sotilgan beshinchi smartfoni bo'lib, ro'yxat u bilan yakunlanadi.

O'QING: Apple'ning sentabrdagi taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!