2022-yilda Google'dan eng ko'p nimalarni so'rashdi?

2022-yilda Google'dan eng ko'p nimalarni so'rashdi?

Yana bir necha haftadan so'ng, 2022-yil ham o'z nihoyasiga yetadi. Yil davomida bir-biridan qiziq hodisalar ro'y berdi. Shubhasiz, biron voqea sodir bo'lishi bilan u haqida bilish uchun Google'ga shoshamiz. Xo'sh, shunday qilib, joriy yilda Google tog'amizdan eng ko'p nimalar haqida so'radik? Quyida butun dunyo 2022-yil davomida Google'dan eng ko'p nimalar so'raganligining top o'ntaligi ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  1. Wordle
  2. India vs England
  3. Ukraine
  4. Queen Elizabeth
  5. Ind vs SA
  6. World Cup
  7. India vs West Indies
  8. iPhone 14
  9. Jeffrey Dahmer
  10. Indian Premier League

Ro'yxatning eng yuqori o'rnini joriy yilda chiqarilgan va The New York Times tomonidan sotib olingan Wordle - vebga asoslangan so'z o'yini egallangan. Qolgan o'rinlarni siyosiyat, taniqli shaxlar va sportga oid terminlar bilan birga, sakkizinchi o'rinda Apple'ning bu yil chiqarilgan iPhone 14 smartfoni ko'rishimiz mumkin. Haqiqatda, kupertinolik kompaniyaning yangi avlod flagmani yilning eng intizorlik bilan kutilgan smartfoni bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'QING: Global elektromobillar bozorida "qirol" kim?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!