2023-yil o‘rta darajali smartfonlari "qiroli" uchun nomzod

2023-yil o‘rta darajali smartfonlari

Samsung kompaniyasi kechagina o‘zining ilk 108MP kamerali Galaxy M53 smartfonini, bir oy avval esa Galaxy A53 va shu bilan birga A33, A73 smartfonlarini taqdim qilgan edi. Bugun, internet tarmog‘ida bu telefonlarning davomchisi bo‘ladigan Galaxy A54 5G modelining yuqori sifatli renderlari tarqatildi.


Technizo Concept taxallusi bilan tanilgan Parvez Khan ismli dizayner tomonidan tayyorlangan, LetsGoDigital orqali taqdim qilinayotgan bu renderlardan ko‘rish mumkinki, Galaxy A54 ekrani har tomonlama bir xil o‘lchamdagi ingichka qora chiziq bilan chegaralangan va uning 32MP bo‘lishi mumkin bo‘lgan old kamerasi kompaniya Infinity-O deya ataydigan dizaynda, smartfonning yuqori markazida joylashgan bo‘ladi. Orqa tomonida esa Galaxy A seriyasidagi smartfonlarga xos bo‘lgan dizaynda joylashgan to‘rtlik kamera bor: 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng va yana ikkita 5MP sensorli kameralar. Ularni o‘z ichiga oladigan ramka sezilarli darajada ingichkalashgan.



Uning xususiyatlariga kelsak, bo‘lajak Galaxy A54 modeli 6.5 dyuymli, 120Hz yangilanish tezligidagi Super AMOLED, Full HD+ displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, yangi model biroz kichikroq ekranga ham ega bo‘lishi ham mumkin. Ekran ostida albatta barmoq izini aniqlash texnologiyasi mavjud bo‘ladi. Hozircha Samsung bu model uchun qaysi chipsetdan foydalanishi biroz qorong‘u, lekin A54 6 yoki 8GB operativ va 128 yoki 256GB doimiy xotiraga ega bo‘lishi aniqroq. Albatta, katta ehtimol smartfon qutidan Android 13 bilan chiqariladi va ana shunday tizim yangilanishlarini to‘rt yil, xavfsizlik yangilanishlarini esa 5 yil davomida qabul qiladi. 5,000mAh yoki undan ko‘proq bo‘lishi mumkin bo‘lgan batareya sig‘imi va 25W tezlikda quvvatlanishi, shuningdek, simsiz zaryadlanishni ham qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Samsung o‘zining o‘rta darajadagi smartfonlarini har yili bahorning ilk oyida taqdim qiladi. Shunday ekan, Galaxy A54 5G katta ehtimol bilan keyingi yili mart oyida chiqarilishi mumkin.

O‘QING: Galaxy A73'ning "ukasi" taqdim qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!