2023 yildagi ilk Galaxy A smartfoni taqdim etildi

2023 yildagi ilk Galaxy A smartfoni taqdim etildi

Samsung yana bir yangi smartfonni taqdim etdi. Bu safar bir necha oydan beri mish-mishlari tarqalayotgan Galaxy A14 5G modeli rasman e’lon qilindi. 

Qurilma o‘tgan yilgi Galaxy A13 5G modeliga o‘xshash. Yangilik sifatida FHD+ rezolyutsiyadagi displey hamda yaxshilangan 13MP selfi kamerani aytish mumkin. 

Galaxy A14 5G modeli 90 gerts chastotada ishlovchi FHD+ rezolyusiyadagi 6.6 dyuymli IPS LCD displeyi bilan jihozlangan. Qolgan texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yangi model eskisidan farq qilmaydi. Ya’ni smartfon Dimensity 700 chipi, 4GB tezkor hamda microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin bo‘lgan 64GB doimiy xotiraga ega. 

Orqa panelda 50MP asosiy, 2MP makro va 2MP sath kameralar joylashgan. Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorni 15 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Smartfon Android 13 operatsion tizimiga asoslangan One UI 5 grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning qora, yashil, qizil va oq rangli turlari mavjud. Qurilmaning narxi 200 dollarni tashkil qiladi. Savdolar 12 yanvardan boshlanadi. 

O‘QING: Hamyonbop yangi Galaxy smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!