21 dekabrda Huawei yana bitta smartfon taqdim etmoqchi

  •   DiMaX
  •  1357
  •  14.12.2017 15:35

21 dekabrda Huawei yana bitta smartfon taqdim etmoqchi

Xitoylik smartfonsoz o‘zining Honor 9 modelini shu yilning 12 iyunida namoyish etgan edi. Uning Lite versiyasi ham chiqayotgani haqida ko‘p gap-so‘zlar tarqaldi. Nihoyat, bugun Huawei mazkur xabarlarni tasdiqladi, deb yozadi ixbt.com sayti.

O‘QING: Yarim bahosidagi flagman – Honor 9 yurtimizda ham sotilmoqda!

Xabarga ko‘ra, Huawei Honor 9 Lite modeli 21 dekabrda keng ommaga rasman taqdim etiladi. Mazkur taqdimotga chaqirilgan jurnalistlarga tarqatilgan taklifnoma to‘plamidagi bir juft ko‘zoynak esa smartfonning kamerasi «qo‘sh ko‘zli», ya’ni ikkita ob’yektivga ega ekanligiga ishora qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor 9 Lite diagonali 5,65 dyuymga teng ekranga ega. Tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan displeyning tasvir aniqligi esa 2160x1080 pikselni tashkil etadi. Huawei bu mahsulotiga o‘zining Hisilicon Kirin 659 protsessorini hamda 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor xotira o‘rnatgan. Smartfonning asosiy kamerasi 20 hamda 13 megapikselli datchiklardan iborat.

Darvoqe, kamerasi uchta ob’yektivga ega smartfon ham tayyorlanayotganidan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda