22 dekabr – birinchi Afrika sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirilgan kun

22 dekabr – birinchi Afrika sun’iy yo‘ldoshi orbitaga uchirilgan kun

2007 yilning 22 dekabr kuni Arian-5 nomli Yevropa Kosmos agentligiga qarashli raketa fransuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan Yer orbitasiga uchiriladi. 3,2 tonna vaznga ega bo‘lgan Afrikaning RASCOM-QAF1  nomli telekommunikatsion sun’iy yo‘ldoshi uchishdan 26 daqiqa o‘tgach birlamchi orbitaga chiqariladi.

Ferra nashrining ma’lum qilishicha, mobil operatorlar tarmoq bilan qoplashni istamagan Afrikadagi qishloq hududlarini aloqa bilan ta’minlash mazkur sun’iy yo‘ldoshning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu sun’iy yo‘ldoshdan tashqari, Arian-5 orbitaga AQShning Horizons-2 nomli sun’iy yo‘ldoshini ham chiqargan edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.