22 noyabr – to‘liq metrajli ilk 3D-film chiqarilgan sana

22 noyabr – to‘liq metrajli ilk 3D-film chiqarilgan sana

1995 yilning 22 noyabr kuni tarixdagi birinchi to‘liq metrajli 3D-film – “O‘yinchoqlar tarixi” jahon kino prokatiga chiqarilgan. Mazkur film to‘liq tarzda kompyuterda 3D-animatsiya yordamida yaratilgan.

“O‘yinchoqlar tarixi” o‘sha vaqtda Apple’dan ketib, o‘z kompaniyasini ochgan Stiv Jobsga tegishli bo‘lgan Pixar studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Stiv Jobs ushbu kartinaning ijrochi prodyuseri vazifasini bajargan, Disney kompaniyasini tark qilgan iste’dodli animator Jon Lasseter esa unga rejissyorlik qilgan. Eng qizig‘i shundaki, aynan Disney kompaniyasi “O‘yinchoqlar tarixi”ni moliyalashtirgan. Biroq Disney multfilmni ko‘rgach, unga pul ajratishni to‘xtatadi, natijada uning qolgan qismlarini Stiv Jobsning shaxsiy mablag‘lari hisobiga olinadi.

Ushbu filmning natijada qanday muvaffaqiyat qozonganligi barchaga ma’lum. Hatto undagi qahramonlarning o‘yinchoqlari ham haligacha yaxshi sur’atda sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.