23 sentyabr – Mozilla Firefox tug‘ilgan kun

23 sentyabr – Mozilla Firefox tug‘ilgan kun

2002 yilning 23 sentyabrida Mozilla Phoenix 0.1 brauzerining ilk versiyasini chiqaradi. Garchi birinchi reliz tez ommalashmagan bo‘lsa-da, ammo loyihani jadal va to‘g‘ri rivojlantirish natijasida mazkur brauzer dunyodagi ko‘pchilik internet foydalanuvchilarning e’tiborini jalb qildi. Biroq Phoenix Technologies bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida brauzer nomi Phoenix’dan Mozilla’ga o‘zgartiriladi.

So‘nggi 4 yil davomida Mozilla Firefox’ning bozordagi ulushi tushib borayotgan qaramasdan, u Internet Explorer va Chrome’dan keyin dunyoda eng keng ommalashgan brauzer bo‘lib qolmoqda. Masalan, Rossiyada Firefox eng ko‘p foydalaniladigan brauzer ichida uchinchi o‘rinda kelmoqda. Germaniyada Firefox bruzerlar bozorining deyarli yarmiga (43%) egalik qiladi.