24-dyuymli yig‘iladigan proyektor-ekran yaratildi (video)

24-dyuymli yig‘iladigan proyektor-ekran yaratildi (video)

Hi-tech.mail.ru saytining ma’lum qilishicha, AROVIA kompaniyasi yig‘iladigan ekran konstruksiyasiga ega bo‘lgan portativ proyektorni namoyish qildi. Model bevosita batareyadan ishlaydi.

Proyektorga PVX materialidan yasalgan yig‘iladigan 24-dyuymli ekran o‘rnatilgan. Ekran aniqligi HD formatida. SPUD deb nomlangan mazkur gadjetning og‘irligi bor-yo‘g‘i 900 gramm. Yig‘ilgan holatda gadjet o‘rtacha kattalikdagi kitob shaklida bo‘ladi.

maxresdefault (1)

Proyektorga telefon, noutbuk yoki kompyuterni HDMI port orqali ulash mumkin. O‘rtacha yorqinlikda proyektor 6 soat davomida ishlaydi (maksimum yorqinligi – 785 nit).

Portativ proyektor taxminan 349 dollar narxida 2017 yilning boshida sotuvga chiqadi. Gadjet mobil sharoitda ko‘p ishlaydigan foydalanuvchilarga juda qo‘l keladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!