27/07/2017: Xitoyliklar uchun ilohiy raqam ostida yangi flagman taqdim qilinadi

27/07/2017: Xitoyliklar uchun ilohiy raqam ostida yangi flagman taqdim qilinadi

2016 yil “7” raqami qaysidir smartfon modeliga omad olib keldi, bu raqamga ega qaysidir smartfon modeli esa omadsizlikka duchor bo‘ldi. Bu raqamni ilohiy hisoblagan Xitoyda taniqli smartfonsoz Meizu o‘zining Meizu Pro 7 hamda i Pro 7 Plus flagmanlarini muxlislari e’tiboriga havola qilmoqchi. Eng qizig‘i, irim-sirimlarga o‘ta e’tiqodi baland xitoyliklar smartfonni 07/07/2017 sanasida taqdim qilishmoqchi.

Texno-shpionlarning ma’lum qilishlaricha, Meizu Pro 7 smartfoni 5,5 dyuymli, FullHD sig‘imli displeyga ega bo‘ladi. Undagi Helio X30 ilg‘or protsessori 10 nanometrli tex-jarayonda ishlaydi. Bosh kamera har biri 12 megapikselli 2 ta ( Sony IMX386 va IMX286) sensordan iborat bo‘ladi. Old kamera sig‘imi esa 16 Mp.ni tashkil qiladi.

Pro 7 Plus modeli esa nisbatan yaxshi protsessor, kattaroq displeyga ega bo‘ladi.

Smartfonlardagi eng katta yangilik — uning orqa panelidan o‘rin olgan qo‘shimcha — E-Ink, ya’ni oq-qora displey bo‘ladi. Bu displeyda sana, soat va o‘tkazib yuborilgan hodisalar haqidagi xabarlar aks etadi.

Shuningdek, Meizu gadjetlari shu vaqtga qadar sig‘imdor va tezkor quvvat oladigan “quvvat tosh”lari bilan mashhur. Mazkur flagmanda ham tez quvvat to‘ldirishda eng ilg‘or texnologiyaning tatbiq qilinishi kutilmoqda.

Meizu Pro 7 sotuvga 7 avgustdan chiqarilishi mumkin. Meizu Pro 7 talqiniga ko‘ra $409 — $484, Pro 7 Plus esa $484 va $555 dollardan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!