27 oktyabr – Android 2.0 Eclair versiyasi chiqarilgan sana

27 oktyabr – Android 2.0 Eclair versiyasi chiqarilgan sana

2009 yilning 27 oktyabr kuni Google kompaniyasi Android dasturining 2.0 Eclair versiyasini chiqardi. Yangi versiya avvalgi Android 1.6 Donut versiyasining o‘rnini egalladi. Android 2.0 Eclair versiyasida Google’ning bir nechta xizmatlari ishi yo‘lga qo‘yildi, bundan tashqari “yashil robotcha” HTML 5 protokolini qo‘llab-quvvatlashni o‘rgandi.

Android 2.1 versiyasi chiqarilgach, dasturda “jonli gulqog‘ozlar” paydo bo‘ldi va bloklash ekraniga bir qator o‘zgarishlar qo‘llandi. Ferra saytining yozishicha,  AShQning Verizon operatori tomonidan sotilgan Motorola Droid smartfoni Android 2.0 Eclair versiyasi o‘rnatilgan ilk qurilma bo‘lgan.

Yuqoridagilardan tashqari, Android Éclair’ga SMS’lar ichida qidirish, fotoapparat chaqnog‘i, kamera ilovasida raqamli kattalashtirish, Bluetooth 2.1, hamda eng asosiysi, ekranning yangi o‘lchamlari va aniqlik darajalarini qo‘llab-quvvatlash funksiyalari tatbiq etildi. Shuningdek, multitach faoliyati ham yaxshilangan edi. Mazkur versiya operatsion tizimni yangi pog‘onaga ko‘tarishda muhim rol o‘ynagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.