3 noyabr –xalqaro SOS signali tasdiqlangan sana

3 noyabr –xalqaro SOS signali tasdiqlangan sana

Bundan roppa-rosa 110 yil avval, 1906 yilning 3 noyabrida Berlinda o‘tkazilgan Xalqaro radiotelegraf konvensiyasida SOS signali dengiz radio aloqasi uchun halokatni bildiradigan yagona signal sifatida tasdiqlanadi. Signal Morze alifbosida “uchta nuqta, uchta tire va yana uchta nuqta”dan iborat. Bundan avvalroq bunday turdagi xabarlar uchun dengizda CQD signalidan foydalanishgan, biroq uni ko‘p hollarda quruqlikdan keladigan CQ signali bilan adashtirishgan.

1999 yilning 1 fevralida SOS signali Xalqaro dengiz tashkiloti tomonidan avtomatlashtirilgan GMDSS tizimi bilan almashtiriladi, biroq halokat va ofatni bildirish uchun haligacha SOS signalidan foydalanish mumkin. Ovozli aloqada SOS o‘rnida Mayday signali qo‘llaniladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!