30 iyulda Xiaomi'ning eng qimmat smartfoni sotuvga chiqarildi

30 iyulda Xiaomi'ning eng qimmat smartfoni sotuvga chiqarildi

Uzoq kutilganidan so‘ng, Xiaomi kompaniyasi kecha o‘zining eng qimmatbaho hisoblangan Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfonini Xitoy hududida sotuvga chiqardi. Bu devays Xiaomi Mi 8 hamda Xiaomi Mi 8 SE modellarining maxsus talqinidir.

Barcha xohlovchilar uning 8 gigabaytli tezkor hamda 128 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqinini $550 dollardan xarid qilishlari mumkin.

Ushbu telefonning dizaynida ikkita o‘ziga xosligi bor – shaffof materialdan tayyorlangan orqa panel ostiga 3D-nakleyka joylashtirilgan.

Devays biz bilgan Xiaomi Mi 8 modelidan qisman farq qiladi. Misol uchun, Xiaomi Mi 8'ning barmoq izi skaneri orqa panelga joylashtirilgan bo‘lsa, Mi 8 Explorer Edition modeli datchigi ekran ostiga joylashtirilgan.

Yana bir muhim jihati shuki, Xiaomi Mi 8 Explorer Edition modelidagi qiyofani 3D skaner qilish datchigiga 33 mingta yuz-qiyofa belgilari kiritilgan, ya’ni uning tekshiruvi yanada yuqori aniqlikda bo‘ladi. Bu esa foydalanuvchining animatsiyalashgan tasvirini ishlash uchun ayni muddao, xuddi Apple Animoji texnologiyasi kabi.

Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni 6,21 dyuymli, Super AMOLED matritsali, piksel sig‘imi 2248 ga 1080 ta belgi (FHD+) ga teng ekran bilan ta’minlangan. Ekran yuqorisida iPhone X flagmanidagi kabi kesiq ham bor.

8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessoining chastota intervali 2,8 GGs. Devaysga Adreno 630 video kartasi hamda 12 megapikselli va qo‘sh sensorli bosh kamera, 20 megapikselli old kamera o‘rnatilgan.

USB Type-C porti porti orqali quvvat oluvchi 3000 mA soat sig‘imli akkumulyatorga Quick Charge 4.0+ tezkor quvvatlash texnologiyasi joriy qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!