32 millionta kichkina raqam emas: Android qurilmalari Google Chrome bilan ishlashdan voz kechmoqda

  •   Saroy
  •  374
  •  08.10.2018 12:44

32 millionta kichkina raqam emas:  Android qurilmalari Google Chrome bilan ishlashdan voz kechmoqda

XDA tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra,   Chrome mobil brauzerning ishlashiga  API   (ilova va operatsion tizimni bog‘laydigan interfeys) versiyasining foydasi juda oz, ya’ni  4.1 dan 4.4 gacha. Bu degani, OS Jelly Bean versiyasida ko‘pi bilan API 4.3 da ishlaydigan Android-qurilmalar eng ommalashgan brauzerdan foydalana olmaydi. Ularning soni esa oz emas, birgina Android’da ishlaydigan qurilmalarning o‘zi bir necha o‘n milliontadan ko‘p.

Mobil OS, Jelly Bean (4.1 — 4.3)ning tarqalishi bo‘yicha e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hali ham 3.2 foiz Android-qurilma ishlashda davom etmoqda. Android-smartfonlar va planshetlarning jami miqdorini hisobga oladigan bo‘lsak, bu raqam 32 millionta qurilmadan iborat ekan. Yangi o‘zgarish qachon kuchga kirishi esa hozircha noma’lum.

Android 4.1 Jelly Bean versiyasi 2012 yil  10 iyulda chiqqan edi. Android uchun Chrome mobil brauzerining ilk barqaror versiyasi esa 2012 yil  27 iyunda chiqdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!