$4 dollarlik smartfon sotayotgan kompaniya rahbari hibsga olindi

$4 dollarlik smartfon sotayotgan kompaniya rahbari hibsga olindi

Hindistonliklarga $4 dollarlik smartfon va’da qilgan Ringing Bells kompaniyasi asoschisi 23 fevral kuni tovlamachilik aybi bilan hibsga olingan. Kompaniya dilerlari buyurtma qilingan smartfonlar yetkazib berilmagach, politsiyaga shikoyat qilgan.

Ringing Bells asoschisi Mohit Gol 2016 yilda “Freedom” nomli 251 rupiya turadigan ($3.77) smartfonning sotilishini e’lon qilib, katta qiziqish va gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan edi. O‘z navbatida, uning smartfonlarini sotib olish bo‘yicha elektron buyurtma beruvchilarning miqdori ham haddan ziyod oshib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, diler Ringing Bells’ga 3 million dona smartfon uchun pul to‘lagan va gadjetlarning bir qismi yetkazib berilgan. 1.4 million rupiyalik mahsulot olib, qolgan qismini talab qilgan buyurtmachiga Ringing Bells kompaniyasi asoschisi tahdid qilib, politsiyaga murojaat qilsa uni oilasi bilan birga yo‘q qilishini aytgan.

Politsiyaning xabar berishicha, buyurtmachi telefonlarning ko‘pchiligida texnik nosozliklar mavjudligini ham ma’lum qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!