4 Gbayt “operativka”li Redmi Note 4 bugun sotuvga chiqdi

4 Gbayt “operativka”li Redmi Note 4 bugun sotuvga chiqdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2016 yilning avgust oyida Android 6.0 Marshmallow tizimining o‘zlashtirilgan MIUI 8 talqinida faoliyat ko‘rsatadigan Redmi Note 4 smartfonini 2 GB operativ hamda 16 GB doimiy yoki 3 GB operativ hamda 64 GB doimiy xotira talqinlarida 135 hamda 180 AQSh dollardan sotuvga chiqargan edi.

Smartfon Xitoy va Osiyoning bir qator bozorlarida, jumladan O‘zbekistonda ham ommalashishga ulgurdi. Shu sababli kompaniya gadjetni yangi, 4 GB tezkor hamda 64 GB flesh-xotira talqinini ishlab chiqarishga qaror qildi.

Xiaomi Redmi Note 4 smartfoni MediaTek Helio X20 protsessori bilan ta’minlangan. Mazkur chip 2 ta kuchli, har biri 2 va 4 yadrodan iborat bo‘lgan Cortex-A72 hamda Cortex-A53 bloklari jamlanmasidan iborat. Uning chastota tezligi 2,1 GGs.ga teng. Gadjet video tizimi uchun Mali-T880MP4 videokartasi mavjud.

Redmi Note 4 displeyi 5,5 dyuymli bo‘lib, ekran sig‘imi 1920 × 1080 belgiga teng, ya’ni Full HD format. Apparatda 13 va 5 megapikselli matritsada ishlaydigan kameralar, barmoq izlari skaneri mavjud. Devays Wi-Fi 802.11ac va Bluetooth 4.2, GPS/GLONASS aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning akkumulyator sig‘imi 4100 mA·soat.

Xiaomi Redmi Note 4’ning 4 gigabaytli operativ xotiraga ega talqini 14 martdan 200 dollar bahosida Xitoyda sotila boshlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!