4 ming donadan ziyod Galaxy Note 8 bepul tarqatiladi

4 ming donadan ziyod Galaxy Note 8 bepul tarqatiladi

Bu yilgi Qishki olimpiada o‘yinlarining start olishiga bir oydan kamroq vaqt qoldi. Bu yil musobaqalar Janubiy Koreyaning PyeongChang (Pxyonchxan) shahrida bo‘lib o‘tadi. Mana shu o‘yinlar sharafiga kecha Samsung kompaniyasi Olympic Galaxy Note 8 flagmanini taqdim qildi.

Samsung mazkur olimpiada jarayonlarida Simsiz texnologiyalar va kompyuetr o‘yinlari bo‘yicha rasmiy hamkor hisoblanadi. Cheklangan nusxada ishlab chiqariladigan maxsus Galaxy Note 8 Olimpiada qatnashchilari hamda tashkilotchilarga tarqatilishi aytilmoqda. Shu orqali tadbir davomida barchaning aloqada bo‘lishi ta’minlanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ushbu modeldan 4 ming dona ishlab chiqarishni reja qilgan.

Aytish joizki, Galaxy Note 8 flagmani 6.3 dyumli, Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) piksel sig‘imli "Infinity Display", SPen qalamchasi hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos. Fabletga Samsung'ning 8 yadroli Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. Protsessorning 4 yadrosining chastota tezligi 2,3 GGs, qolgan 4 yadroniki 1,7 GGs.

Olimpiada talqini uchun maxsus sport ilovalari, taqvimlar hamda ekran uchun ilhombaxsh suratlar ishlab chiqarilgan.

Samsung kompaniyasi vakilining ma’lum qilishicha, kompaniya paralimpiya o‘yinlari qatnashchilariga ham Galaxy Note 8 flagmanidan tarqatadi.

Eslatib o‘tamiz, «Malika» do‘konlarida joriy yilning 12 yanvar holatida Galaxy Note 8 flagmani 6,5 million so‘mdan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!