4 oktyabrda Google yana nimalarni namoyish qiladi?

  •   DiMaX
  •  1169
  •  30.09.2017 10:41

4 oktyabrda Google yana nimalarni namoyish qiladi?

Google kompaniyasi 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimida Google Assistant’ni qo‘llab-quvvatlovchi o‘z Bluetooth-quloqchinini ham namoyish etadi. Bu xususda AndroidPolice saytiga asoslanib AndroidInsider yozgan.

Xabarga ko‘ra, quloqchin garxi ham uncha-muncha emas – naq 159 AQSh dollaridan boshlanadi. AndroidPolice manbalariga ko‘ra, quloqchin tik shaklda, Apple’ning BeatsX quloqchinlariga o‘xshash bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabrda Google o‘zining ikkita yangi smartfoni – Pixel 2 hamda Pixel 2 XL modellarini taqdim etishi kutilayotgan edi. Kompaniya mazkur taqdimot marosimini noan’anaviy tarzda ma’lum qilgan. Keyinroq esa, kompaniya shu kuni iPhone X’ga raqobatchi sifatida romsiz Ultra Pixel smartfonini ham taqdimotga tayyorlayotgani aniqlangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!