5 sentyabrda Xiaomi yana bir tuhfa hozirlamoqda

5 sentyabrda Xiaomi yana bir tuhfa hozirlamoqda

Xiaomi kompaniyasi Tvitterdagi sahifasida navbatdagi reklama tizerini e’lon qilgan. Unda kompaniya 5 sentyabrda bosh kamerasi qo‘sh sensorli bo‘lgan navbatdagi flagmanni taqdim qilish rejasida ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozircha bu qaysi flagman ekani aniq emas. Biroq, kutilayotgan smartfonning Xiaomi Mi 6 kabi, keng burchakli linza va teleob’yektiv linzasi birikmalaridan iborat kameraga ega bo‘lishi aniq.

Tahlilchilarning fikricha, "xitoylik Apple" 5 sentyabrda romsiz Mi MIX 2 apparatini taqdim qiladi. Samsung Galaxy Note 8 hamda shu kunlarda namoyish qilinuvchi LG V30 flagmanlaridan so‘ng Xiaomi trendda bo‘lishi uchun bozorda uchun uning foydasiga kurashadigan "bayroqdor"ga muhtoj.  

Texnolog tahlilchi Pan Djiutangning aytishicha, Mi MIX 2 devaysi 6,4 dyuymli displey bilan ta’min qilinadi. Old panelning 93% qismi ekrandan iborat bo‘lib, uning matritsasi AMOLED bo‘ladi va ekran ikki yonga bukilgan dizaynda tasvirlangan. Shuningdek, Mi MIX 2’da tezkor xotira sig‘imi 6 GB, doimiy xotira 128 GB bo‘lishi kutilmoqda.

Unga Qualcomm’ning eng kuchli, 8 yadroli Snapdragon 835 protsessori o‘rnatiladi. Smartfonning kamera texnologiyasi sifatini yaponlarning Sony konserni o‘z zimmasiga olgan. Xiaomi Mi Mix 2’da ham “MWC 2017’ning eng yaxshi smartfoni” bo‘lgan Sony Xperia XZ Premium’dagi kabi, Motion Eye kamera texnologiyasining tatbiq etilishi kutilmoqda.

Ayni paytda jahonning 4-raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan Xiaomi so‘nggi kvartalda  23,2 mln dona smartfon yetkazib bergan. Bir yillik o‘sish – 58%! Kompaniya keyingi chorakda 30 mln dona smartfon yetkazib berish rejasida.

Jumladan, iyulda taqdim qilingan Mi 5X, avgustda taqdim qilingan Redmi Note 5A, shuningdek, Mi Mix 2 va Mi Note 3 kabi ommabop, arzon va qimmatbaho flagmanlar bois, Xiaomi bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!