520 000 so‘mga to‘rt kamerali smartfon bor!

  •   DiMaX
  •  5967
  •  09.01.2018 19:01

520 000 so‘mga to‘rt kamerali smartfon bor!

Smartfonlar bozorida hamyonboplari ko‘p, ayrimlarining xususiyatlari esa narxiga nisbatan ancha yaxshi ham. Shulardan biri Leagoo M9 bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi flagman, texnik xususiyatlari esa hamyonbopligiga mosdir.

O‘QING: Narxi tannarxiga teng yaxshi smartfonlar (sentyabr holati bo‘yicha AnTuTu talqini)

Leagoo M9 modelining diagonali 5,5 dyuymlik o‘lchamga ega, chekkalari qayrilma IPS-ekrani trendga mos – tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Uning tasvir aniqligi 1280x640 pikselga teng, ya’ni displey HD formatida. Romsiz ekran bir vaqtning o‘zida beshta teginishni sezuvchi multitach xususiyatiga ham ega.

Smartfonning ish samaradorligini ta’minlashda to‘rtta yadroli Mediatek MTK6580 protsessoriga Mali 400MP2 videochipi hamda 2 gigabayt hajmli tezkor xotirasi yordamga keladi. To‘g‘ri, ko‘p resurs talab qiluvchi, grafikasi kuchli o‘yinlarni bu gadjetda o‘ynab bo‘lmaydi. Ammo Android Nougat operatsion tizimi interfeysining va oddiy ilovalarning ishlashi uchun yuqoridagi xususiyatlar yetib ortadi.

O‘QING: Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Telefonning ichki xotirasi 16 gigabayt hajmga ega, unga 128 gigabaytgacha hajmli MicroSD-kart qo‘yish imkoni mavjud. Mazkur qurilmada ikkita SIM-karta sloti mavjud, u 3G uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Leagoo M9’ning eng e’tiborga sazovor jihatlaridan biri uning kameralaridir. Zero, bu devaysning aossiy kamerasi ham, old kamerasi ham qo‘shaloq ob’yektivli va LED-chaqnoqqa ega! Orqa panelda 8 va 2 megapikselli modullar ostida barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan. Old kameraning 5 va 2 megapikselli modullari esa, yaxshi yoritilmagan sharoitlarda ham old fotochaqnoq yordami bilan ajoyib selfilar olish imkonini beradi.

O‘QING: 2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

Telefonga 2850 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, uning quvvati kutish rejimida 2–3 kunga, uzluksiz foydalanish rejimida esa 6–7 soatga bemalol yetadi. Leagoo M9 simsiz aloqaning Wi-Fi va Bluetooth interfeyslarini, navigatsiya tizimi esa GPS hamda A-GPS tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuncha xususiyatlari va flagmanlardek ko‘rinishi bilan, mazkur qurilmaga atigi 60 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan, bu esa taxminan 520 000 so‘mga to‘g‘ri keladi! Uni AliExpress onlayn savdo platformasidan xarid qilish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘tishingiz, u yerda smartfonning boshqa xususiyatlari va suratlari bilan ham tanishishingiz mumkin.

Agarda onlayn savdo bo‘yicha tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda Leagoo M9’ga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.