550 dollargacha bo‘lgan smartfonlar kamerasi taqqoslab ko‘rildi

550 dollargacha bo‘lgan smartfonlar kamerasi taqqoslab ko‘rildi

Fil ismli video bloger OnePlus Nord 2, OnePlus 9R va Xiaomi Poco F3 smartfonlari kamerasini Huawei nova 8 kamerasi bilan taqqoslab ko‘rdi.

O‘QING: Honor Magic 3 va Magic 3 Pro chiqdi: Snapdragon 888+, Android 11, Magic UI 5.0 va Google servislari bor!

Yorug‘likka qarshi old kamerada olingan videolar sifati bo‘yicha OnePlus 9R va Huawei nova 8'lar eng sifatsiz deb topildi. OnePlus 9R kadrni qizg‘ish qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, nova 8 tasvirni o‘ta mayinlashtirib yuborgan. 30 kadr/sekund tezlikda Full HD video olinganda eda 9R juda sifatli tasvirlar hosil qilgan, ranglar haqiqiyga juda yaqin chiqqan. Poco F3'da ham ranglar yaxshi aks ettirilgan. nova 8 esa kadrni kulrang qilib ko‘rsatgan. Qurilmalarning hammasida barqarorlashtirish yaxshi ishlagan.

Videoni yurib olganda esa Huawei'da fon detallari eng sifatsiz chiqqan. Nord 2 bilan ham stabilizatsiya borasida muammolar kuzatilgan.

4K@60 kadr/sek. video yozish imkoniyati faqat OnePlus 9R'da mavjud. Huawei bilan 4K’da olingan videolar yana kulrang tusda. Umuman olib qaraganda, smartfonlar orasida 9R yana bir bor eng realistik ranglarni aks ettira olgan.

...

Ultrakeng kamera borasida ham nova 8'da ranglarda muammolar bor. nova 8 va Nord 2'ning ultrakeng kamerasida stabilizatsiya mavjud emas.

Qorong‘ida olingan tasvirlarda esa OnePlus smartfonlari ko‘proq detallni ko‘rsata olgan.

Video sinov natijalarga ko‘ra, tanlangan modellar orasida Huawei nova 8 eng kuchsizi deb baholangan.

O‘QING: Bu smartfonsoz Samsung, Apple, Huawei va Xiaomi’ni ortda qoldirib, rekord o‘rnatdi!