5G’ni qo‘llab-quvvatlaydigan ilk smartfon: Samsung egiluvchan smartfonni boshqalardan avval chiqarmoqchi

  •   Saroy
  •  1925
  •  15.08.2018 10:54

5G’ni qo‘llab-quvvatlaydigan ilk smartfon: Samsung egiluvchan smartfonni boshqalardan avval chiqarmoqchi

Raqobatchilari borgan sari ko‘payib borayotganiga qaramay, Samsung kompaniyasi  egiladigan smartfonni boshqalardan avvalroq chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi qurilmaga Galaxy X deb nom ham berilgan (albatta, norasmiy tarzda).

Ammo, anchadan buyon Samsung’dan  Huawei kompaniyasi ilgarilab ketadi, degan mish-mishlar tarqalgan. Qolaversa, egiluvchan qurilma ustida   Xiaomi  va Oppo kompaniyalari ham ish olib borayotgani haqda ma’lum qilingandi.

Ammo,  Samsung kompaniyasining mobil qurilmalari  bo‘limi  rahbari Don-Djin Kox (D. J. Koh) ning bayonot berishicha, koreyalik gigant birinchilikni hech kimga bermoqchi bo‘layotgani yo‘q va eguluvchan smartfonni hammadan oldin ishlab chiqarmoqchi.

O‘QING:Galaxy Note 9 taqdim qilindi: Samsung'ning eng kuchli va qimmat smartfoni

Ushbu birinchi egiluvchan smartfonning  5G'ni qo‘llab quvvatlashi haqida Don-Djin Kox qiziq gapni aytib qoldi: ma’lum bo‘lishicha, 5G'ni qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon avval kutilganidek, Galaxy S10 bo‘lmaydi. Unda qaysi smartfon 5G'ni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savol hozircha ochiq qoldirilmoqda. Demak, bu smartfon  aynan egiluvchan Galaxy X bo‘lishi mumkin.

Muxtasar qilib aytganda, mazkur xabardan shunday xulosa yasash mumkin: Galaxy X nafaqat  egiluvchanlikda, balki u 5G'ni qo‘llab-quvvatlashda ham birinchi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qurilmaning taqdimoti kelasi yil boshiga rejalashtirilgan, qolaversa yangi qurilmaning narxi 1850 dollar turishi haqida ham ma’lum qilingandi.

O‘QING:Ehtiyot bo‘ling! SHAASUIVG – Samsung emas

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.