6 GB operativ xotiraga ega Huawei Mate 9 cotuvga chiqarildi

6 GB operativ xotiraga ega Huawei Mate 9 cotuvga chiqarildi

Shu yilning noyabr oyida Xitoyning Huawei kompaniyasi flagman Mate 9 modelini Huawei Mate 9 modelini namoyish qilgan edi. Flagmanning standart versiyasi 4 GB, Porsche Design versiyasi esa 6 GB operativ xotira bilan ta’minlangan.

IXBT nashrining ma’lum qilishicha, endilikda xitoylik gigant ushbu fabletning standart versiyasini ham 6 GBli operativ xotira bilan sotuvga chiqarishga qaror qilgan. Albatta, modelning 4 GBli xotiraga ega versiyasi ham saqlab qolinadi.

Xitoydagi do‘konlarda 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotira ega bo‘lgan Huawei Mate 9 taxminan 800 AQSh dollari narxida taklif etilmoqda, deb yozmoqda nashr. Yevropada esa xuddi shunday versiya 950 dollar narxida sotuvga chiqadi.