6 noyabr – FM radio kashf etilgan sana

6 noyabr – FM radio kashf etilgan sana

Bugungi kunda FM-radio shunchalik ommalashib ketdiki, ko‘pchilik AM chastotasidagi radiokanallarni deyarli eshitmaydi. Eng qizig‘i esa FM to‘lqinlar haqida ilk marotaba gapirilganda, hech kim ularni jiddiy qabul qilmagan edi.

1935 yilning 6 noyabrida amerikalik ixtirochi Edvin Govard Armstrong keyinchalik FM-radio asosiga aylangan texnologiyani patentlaydi. Ushbu patentda FM to‘lqinlarning ishlash tamoyillari ta’riflangan edi.

Armstrong 1938 yilda birlamchi signalni belgilangan oraliq chastotaga o‘giradigan supergeterodli priyomnikni yaratadi. O‘sha paytda mavjud priyomniklar bilan solishtirganda, Armstrongning kashfiyoti bir qadar murakkab ko‘ringan, shu bilan birga signal qabuli bo‘yicha ham ortda qolgan, biroq aynan mana shu ixtiro radio tinglovchilarga yuqori sifatli ovozni taqdim qilgan edi.

460931

Shovvoz ixtirochi o‘z kashfiyotini ommaga namoyish etishdan oldin, RCA nomli radio uzatuvchi kompaniyaning binosi tomida bir yo‘la ikkita to‘lqin standartida (AM va FM) organ musiqa konsertini translyasiya qiladi. Translatsiya FM to‘lqinlarning naqadar sifatli audio uzatishini isbotladi va mamlakatdagi ko‘plab radiokanallar asta-sekinlik bilan mazkur standartga o‘tishni boshladilar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.