6 yanvarda taqdim etiladigan Nokia 6 (2018) smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  1578
  •  04.01.2018 10:48

6 yanvarda taqdim etiladigan Nokia 6 (2018) smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»

HMD Global kompaniyasi o‘tgan yili taqdim etilgan Nokia 6 smartfonining 2018 yilgi modelini tayyorlayotgani haqida xabar bergandik. Mazkur model endi Geekbench benchmarkida sinovdan o‘tkazib ko‘rildi va saytning ma’lumotlar bazasida uning xususiyatlari aks etdi.

O‘QING: O‘rta narxli Nokia 6 (2018)ning hayratga loyiq texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

Geekbench saytidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bu devays Android 8 (Oreo) operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Standart modifikatsiyada uning tezkor xotirasi 4 gigabayt hajmga ega.

Xabarlarga ko‘ra, Nokia 6 (2018) modeli 6 yanvardayoq taqdim etilishi mumkin. Qadimiy telefonsoz brendning ushbu va boshqa gadjetlari haqidagi yangiliklardan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatib boring.

O‘QING: Nihoyat, Nokia 9 va Nokia 8 (2018) taqdimot sanasi hamda narxlari ma’lum!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!