600 foiz bu juda katta o‘sish: qanday rangdagi smartfonlar ommalashmoqda

  •   Saroy
  •  1148
  •  18.09.2018 12:51

600 foiz bu juda katta o‘sish: qanday rangdagi smartfonlar ommalashmoqda

Bu yil qanday rangdagi smartfonlar ommaviy tus oldi? Ma’lum bo‘lishicha, oq rang ham emas, tilla rang ham emas. Hozir e’tibor ko‘proq yarqiroq moviy, qizil va qirmizi rangdagi modellarga qaratilmoqda.

Xaridorlar orasida eng ommalashgan rang esa, moviy rang bo‘lmoqdi. Moviy rangdagi devayslarning sotuvi o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 600 foizga o‘sgan. Yil boshidan buyon sotilgan barcha smartfonlar orasida moviy rangli gadjetlar 16,5 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, qizil rangli qurilmalarning savdosi  ham ikki yarim barobarga ortgan, qirmizi rangdagi startfonlarning sotilishi esa bir yarim barobarga ortgan.  Apple ham bu yil o‘zining XR’sini bekorga turli rangda chiqargani yo‘q.   — Kupertinoda modaga jiddiy e’tibor qaratiladi. Ammo har doim urfda bo‘lgan oppoq rangdagi apparatlarning savdosi tushib bormoqda. Bunday qurilmalarning sotuvi o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda  Rossiyada 63 foizgacha tushib ketgan.

O‘QING:2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

Savdo tarmoqlarida ushbu yangi trendni yoshlar auditoriyasining to‘lov qobiliyati oshgani bilan bog‘lashmoqda. Kechagi o‘smirlar bugun mustaqil ravishda o‘ziga ma’qul bo‘lgan, hayot tarziga mos tushadigan smartfonni xarid qilishmoqda.

Nima bo‘lganda ham bu yil eng ko‘p sotilgan smartfonlar qora va ko‘k rangda bo‘ldi.

Ushbu rangdagi qurilmalarni xaridorning har ikkinchisi ma’qul ko‘rmoqda. Ikkinchi o‘rinda tilla rangdagilari bo‘ldi, lekin yorqin rangdagilarning ommaviylashib borayotgani sababli ularni sotuvi qisqarmoqda. Joriy yilda ushbu rangdagi apparatlarning sotuvi 22 foizgacha tushib ketdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu yil smartfon tanlashda xaridorlar ko‘proq nostandart rangdagi apparatlarni: ko‘k, moviy, sariq va to‘q sariqlarni tanlamoqdalar, shuningdek klassika ham esdan chiqmayapti, ya’ni qora rangdagilari.

O‘QING:Jahon miqyosida eng ko‘p sotilayotgan 5 smartfon

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!