6,5" AMOLED displey, to‘rtta kamera va 6,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M31s smartfoni taqdim qilindi

6,5

Anchayin ommabop bo‘lgan Galaxy M seriyasi modellari qatoriga yana bir vakil kelib qo‘shildi. Qarshi oling — Galaxy M31s.

Smartfon 6,5 dyuymlik Infinity-O sAMOLED panelga ega bo‘ladi. Bu displey turi M seriyasi smartfonlariga birinchi marta qo‘yilmoqda. 6,000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorni quvvatlash uchun esa 25 vattlik zaryadchik qadoq tarkibiga kiritilgan.

Devays qora va ko‘k ranglardan iborat gradiant dizaynga ega va barmoq izi skaneri yon tomonga joylangan.

Orqa panelga qarasak, 64 megapiksellik Sony IMX682 asosiy kamerasi, 12 megapiksellik ultrakeng burchakli kamera hamda ikkita 5 megapiksellik makro va sath kameralar borligini ko‘rish mumkin. Samsung ushbu smartfonga Single Take funksiyasini ham qo‘shgan. Bu bilan kamera tugmasini bir bosishda o‘ntagacha rasm va video olish mumkin. Selfi kamera vazifasini esa, xuddi M31'dagi kabi, 32 megapiksellik linza bajaradi.

Galaxy M31s Exynos 9611 chipida ishlab, 6/8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Teskari quvvatlash texnologiyasi sabab 6,000 mA/soatlik akkumulyator bilan boshqa qurilmalarni ham zaryadlash mumkin. Oddiy qilib aytganda, M31s'dan cho‘ntak zaryadchigi (poverbank) sifatida foydalansa ham bo‘ladi.

Dasturiy ta’minotga kelsak, qurilma Android 10 asosiga qurilgan OneUI 2.1 qobig‘ida ishlaydi. Savdolar 6 avgustdan boshlanadi. 6/128 GB modellarni 273 dollardan, 8/128 GB modellarni esa 300 dollardan boshlab xarid qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy M01 Core smartfoni chiqdi: siz uni «taniysiz»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!