679 000 so‘mga flagman dizaynli smartfon olasizmi?

  •   DiMaX
  •  4532
  •  01.06.2018 18:50

679 000 so‘mga flagman dizaynli smartfon olasizmi?

Hurmatli «Terabayt.uz» muxlislari, xabaringiz borki, O‘zbekiston bozoriga shu yilning boshida kirib kelgan MDC kompaniyasi bir qator smartfonlari bilan tanilib ulgurdi. Bugun biz sizlarga ushbu brendning Grand nomli qulay, yaxshi texnik xususiyatlar bilan jihozlaangan va eng asosiysi – hamyonbop smartfoni haqida batafsil gapirib beramiz!

Qani, ketdik!

Jamlanma

MDC Grand modelining qadog‘i kartondan ishlangan, dizayni boshqa qutilardan deyarli farq qilmaydi. Qadoqning orqa tomonida smartfonning eng muhim texnik ko‘rsatkichlari yozilgan.

Qutining ichida esa smartfonning o‘zidan tashqari yana microUSB-kabel, quvvatlagich, quloqchin, g‘ilof, SIM-karta skrepkasi, foydalanish yo‘riqonmasi va kafolati taloni joy olgan! Mana, ko‘rib turganingizdek, smartfon juda arzon bo‘lishiga qaramasdan, qutida kerakli eng asosiy elementlarning barchasi bor!

Dizayn

MDC Grand modeli flagmanlar dizaynidan yaratilgan O‘zbekistondagi eng arzon smarftonlardan biri bo‘lsa ajab emas! Chunki unga tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli ekran o‘rnatilgan, dizayni qaysidir ma’noda Samsung Galaxy S8 flagmanini ham eslatib yuboradi.

MDC Grand korpusining yuza tomonini deyarli butkul egallagan displey tepasida 2 megapikselli old kamera va boshqa tegishli datchiklar joylashgan. Pastida esa moddiy «Uyga» tugmachasi yo‘q – u ham sensor tugmacha sifatida ekran paneliga integratsiya qilingan.

Orqa panelining yuqori qismida 8 megapikselli asosiy kamera, uning ostida fotochaqnoq, yanada pastda barmoq izi skaneri o‘rin olgan. Qizig‘i shundaki, bu qurilmadan ancha qimmatroq narxli smartfonlarda ham ba’zan bu texnologiyani topolmaysiz, MDC Grand modelida barmoq izi skaneri bor!

Pastki chap burchagiga yaqin joyda esa dinamik tirqishchalari ko‘zga tashlanadi. Korpusning yuqori qirrasida quloqchin uchun 3.5 millimetrlik tirqish hamda odatiy USB 2.0 porti joylashgan.

Telefonda ikkita SIM-karta joyi mavjud, u uchinchi avlod – 3G uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Quvonarli jihati – xotira kartasi bulardan birining o‘rniga qo‘yilmaydi, balki microSD uyasi alohida joylashgan.

Smartfon korpusining o‘lchamlari 147x70x10 millimetrni, vazni esa 160 grammni tashkil etadi.

Ekran

Keling, endi ushbu hamyonbop smartfondagi eng muhim komponent – displey haqida gaplashsak! Smartfonning 5,5 dyuymli ekrani zamonaviy trendlarga ko‘ra ishlangan – tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, piksellar zichligi bir dyuymga 260 ta! Hozirda bunday yangilikni asosan narxi ancha yuqori bo‘lgan smartfonlarda uchratish mumkin. Biroq MDC bu stereotipni buzib, anchagina arzon smartfonga ana shunday ekran o‘rnatgan.

Ekran sensori yaxshi va tez ishlaydi. HD texnologiyasi (1280x640 pikselli) tufayli bu displey ranglarni juda yaxshi yetkazib bera oladi. Bunda kontrastning aniqligi, ekranga burchak ostida qaraganda ham ranglar o‘z tusini yo‘qotmasligini IPS-matritsa ta’minlaydi.

Kamera

Odatda, narxi arzon smartfonlarning kamerasidan olinga suratlarning sifatiga yaxshi baho berilmaydi. Ammo bu yerda vaziyat biroz boshqacha. MDC Grand devaysiga aniqligi 8 megapikselli asosiy kamera o‘rnatilgan, kamera interpolyasiyasi 13 MPgacha.

Smartfon kamerasidan olingan rasmlar sifati ancha qoniqarli – narxiga yarasha! Eng qizig‘i, kamerada HDR rejimi ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, u orqali olinadigan rasmlarning sifatini yaxshilash mumkin. Albatta, bunday hamyonbop smartfondan yuksak sifatli rasmli kutish noo‘rin. Shunday bo‘lsa-da, kamroq yoritilgan sharoitda ham olingan rasmlarda detallarni farqlasa bo‘ladi. Kamerada monoxrom, sepiya, negativ, suv osti, oq doska kabi rang effektlari bor. Shu bilan birga, oq rang balansi va ekspozitsiya qiymatlarini ham sozlasa bo‘ladi. Yuzni aniqlash funksiyasi ham yaxshi ishlaydi. Yoziladigan video sifati ham yomon emas.

Mana, MDC Grand kamerasi orqali olingan suratlar namunalarini tomosha qilamiz:

MDC Grand smartfonining 2 megapikselli old kamerasi ham o‘z ishini yaxshi bajaradi. Har holda, suratdagi detallar aniq qo‘rinadi. Selfilar sifati o‘rtacha!

Protsessor va interfeys

Smartfonga 1.3 gigagers chastotada ishlovchi to‘rt yadroli MTK6580 protsessori va Mali-400MP2 videochipi o‘rnatilgan. Tezkor xotirasi 2, doimiy xotirasi esa 16 gigabayt hajmga ega. Agarda smartfonda ko‘proq suratga va videoga oladigan yoki uning xotirasida ko‘p fayl saqlaydigan bo‘lsangiz, buyam muammo emas – 64 gigabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkoni bor.

AnTuTu samaradorlik testida mazkur qurilma deyarli 24 000 ball to‘plagan. Bu esa smartfonda unchalik og‘ir bo‘lmagan va ko‘p quvvat talab qilmaydigan o‘yinlarni o‘ynash, bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovadan samarali foydalanish, shuningdek, uzoq muddat video ko‘rish va olish uchun yetarli.

Smartfon Android operatsion tizimining 7 Nougat talqini boshqaruvi ostida ishlaydi, asosiy ekran va ilovalar uchun alohida UI, ya’ni dizayn ishlab chiqilgan.

Akkumulyator

MDC Grand akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA/soat. Bu kun davomida smartfondan o‘rtacha faollikda, ya’ni yoqilgan mobil internet, qisman o‘yin o‘ynash, qisman Wi-Fi va GPS aloqasidan foydalanish mumkin, degani.

Umuman olganda, bu ko‘rsatkich narxi 700 000 so‘mga ham bormaydigan smartfon uchun yomon emas!

Xulosa

Xullas, MDC Grand haqida so‘zimizni yakunlar ekanmiz, keling, smartfonning eng asosiy yaxshi jihatlarini sanab o‘tsak! Bu albatta, uning dizayni va ekrani, o‘z narxiga juda munosib kamera, barmoq izi skaneri va albatta hamyonbop narxi. Modelning plastik korpusini uning kamchiliklariga kiritishimiz mumkin, ammo insof bilan aytganda, bunday narxda metall korpusli smartfon topish ham oson ish emas!

Aytgancha, yana bir yaxshi xabar: MDC kompaniyasi o‘z smartfonlariga O‘zbekiston hududida 1 yillik kafolat xizmatini taqdim etadi!

Ushbu smartfonni olcha.uz internet do‘konidan eng hamyonbop narxda xarid qilishingiz mumkin. O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish butunlay bepul amalga oshiriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.